Juma tabriklarini tarqatish taqiqlanganmi - Musulmonlar idorasi izohi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovKurban xayit v Tashkente.
Kurban xayit v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytlari, masjid-madrasalar, iqtidorli imom-xatiblarning sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalarini mutolaa qilish hamda ulardagi ma’lumotlarni yaqinlariga ulashish mumkin.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda “juma tabrigi”, “Qur’oni karim oyatlari”, “Payg‘ambar alayhissalom hadislari”, ulamolar va imom-domlalarning mav’izalarini tarqatish mumkin emas, degan mazmundagi xabarlar tarqatildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi (O‘MI) matbuot xizmati bu xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
O‘zbekistondagi rasmiy diniy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarni mutolaa qilish yoki ulashish javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ham vahima uyg‘otuvchi yolg‘on xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
“Ijtimoiy tarmoqlarda aholi orasida sarosimaga soluvchi shunday noto‘g‘ri xabarlar tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlik keltirib chiqaradi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2021-yil 5-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, e’tiqod erkinligi kafolatlangan. Shunga ko‘ra, fuqarolar dinga e’tiqod qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni o‘tkazish hamda o‘z dinining ta’limotlarini o‘rganish haq-huquqiga egadir.
Ta’kidlanishicha, shunga binoan mo‘min-musulmonlar uchun zarur bo‘lgan diniy masalalar rasmiy elektron manbalar orqali keng yoritib borilmoqda.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytlari, masjid-madrasalar, iqtidorli imom-xatiblarning sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalarini mutolaa qilish hamda ulardagi ma’lumotlarni yaqinlariga ulashish mumkin, jumladan, juma tabriklarini ham tarqatishga ruxsat etilgan. Bularga hech qanday ta’qib yo‘q”, - deyiladi xabarda.
Eslatma qilinishicha, buzg‘unchi oqimlar g‘oyalarini o‘ziga jalb etuvchi musiqiy ohang, fotosurat yoki ramzlar orqali zimdan tarqatishga urinmoqda. Shuning uchun ham ekstremistik g‘oyalarni har qanday shaklda hoh juma tabrigi bo‘lsin, hoh boshqacha atribut yoki surat shaklida bo‘lsin, ularni tarqatish, saqlash va foydalanish qonunan taqiqlanadi.
Smartfon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2023
O‘zbekistonda tarqatish taqiqlangan materiallar ro‘yxati e’lon qilindi
Yangiliklar lentasi
0