Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Issiqda bolani qanday ovqatlantirish kerak — shifokor tavsiyasi

© Sputnik / Oleg Makarov / Mediabankka o‘tishYabloki i grozdya vinograda
Yabloki i grozdya vinograda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2023
Obuna bo‘lish
Jazirama yoz faslida yosh bolalarga qanday taomlar va ichimliklar berish tavsiya etiladi? Shifokor bilan suhbat.
Sputnik muxbiri Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy yordamni tashkillashtirish Departamentining Tibbiy standart va protokollarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva bilan issiq havoda bolalarni qanday ovqatlantirish haqida suhbatlashdi.

Foydali va zararli quyosh nuri

“O‘zbekistonning geoiqtisodiy zonasida yoz fasli juda ham issiq keladi, quyosh nurlarini tik boqishi aholi salomatligiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.
Ba’zan hatto quyoshning ultrabinafsha nurlari ostida ba’zilarda terini rangini o‘zgarishi kuzatiladi, halqimiz “yozda quyosh nurida terisi kuyibdi” – deya talqin qilishadi. Bu holatda, quyosh nuri kunning 1/3da, ya’ni ertalab tong otishidan soat 11:00 ga qadar va kechga yaqin soat 17:00 dan keyin kun botishiga qadar vaqtda inson salomatligiga foydali bo‘ladi. Bu vaqtda bolalarni ham xovlida yoki bog‘larda sayr qildirish ularning salomatligiga foydali bo‘ladi”, - dedi mutaxassis.

Oshqozon ichak kasalliklari

Aynan bu davrda barcha aholini organizmida turli o‘zgarishlar kuzatilishi sabab, oshqozon ichak tizimida ham shu issiq havoga moslashish jarayoni kechadi. Bu vaqtda oshqozon ichak tizimida hazm funksiyasi pasayadi, bu esa o‘z o‘rnida qiyin hazm bo‘ladigan mahsulotlarni iste’molini cheklashni talab qiladi. Oshqozon ichak tizimida yeyilgan mahsulotlarni hazm qilinishi pasayishidan tashqari, bolalarni olsak ular ko‘p hollarda qo‘llar gigiyenasiga rioya qilolmagan holda meva va sabzavotlarni yuvmasdan iste’mol qilib qo‘yadilar. Bu holatlar, bolalarda oshqozon ichak kasalliklari kelib chiqishini ham ko‘paytiradi.
“Mazkur holatni mutafakkir tabib Abu Ali ibn Sino yozgi mavsumda ko‘proq meva va sabzavotlarni qaynatilgan yoki dimlangan xolda iste’mol qilishni, shuningdek, ko‘p miqdorda suyuqliklarni ichishni tavsiya qilganlar”, - deya ta’kidladi vrach.
Ota-onalar farzandlari yozning issig‘ida nimalarni kechirayotganini to‘liq bilmaydilar. Bu esa ota-onalar tomonidan bolada kuzatilayotgan ba’zi chegaraviy holatlarni sezmay qolishlarini keltirib chiqaradi va bolada kasallik boshlanganida nima bo‘ldi ekan, deb xavotirga tushishlariga sabab bo‘ladi. Shu bois, yozning issiq kunlarida barcha ota-onalardan farzandlariga doim e’tiborli bo‘lishlari talab etiladi.

Xona harorati

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni yozgi issiq kunlarda parvarishlashda, ularni tana harorati o‘zgaruvchan bo‘lishini inobatga olib, xona harorati juda isib ketishini oldini olishlari talab etiladi. Xonada haroratini o‘lchagich bo‘lishi maqsadga muvofiq, xona harorati esa 24 darajadan oshmasligi kerak. Shu haroratda bola ham kattalar kabi o‘zini yaxshi xis qiladi.
Yana shuni ta’qidlash lozimki, ko‘pgina ota-onalar issiq kunda suyuqlikka talab ortgani bois, chaqaloqlar ham suv ichishi kerak deb uylashadi. Lekin, yoz vaqtida bolalarga suv berilmagani maqsadga muvofiq. Bolani ona ko‘krak suti bilan boqishda tez-tez va bolani talabiga binoan boqilsa, ona ko‘krak sutining 70dan-90%gacha suyuqlikni tashkil qilib bolani chanqog‘i bosiladi. Shuningdek, bola ona ko‘krak sutiga moslashgan bo‘lib, uning organizmi yaxshi qabul qiladi.

Yosh bolaning ovqatlanishi

6 oydan 1 yoshgacha bolalarni oila dasturxoniga o‘rgatish va bolaga qo‘shimcha ovqat berishni boshlash zarur, bu holatda yozgi vaqtda bolani oshqozon ichak tizimida o‘zgarishlar kelib chiqishi mumkin. Shu bois, bolani qo‘shimcha ovqat berishda bir haftada bitta meva yoki sabzavotni iste’mol qilishni o‘rgatish kerak va u qaynatib pishirilgan, bo‘tqaga o‘xshash tarzda ezilgan ozuqa mahsulotga o‘xshagan bo‘lishi kerak. Shu tayyorlangan ozuqa birinchi marta 1-2 osh qoshiqdan boshlab beriladi va kun sayin ko‘paytirib boriladi, hafta oxirida yarim piyolaga yetkaziladi. Suyuqlik sifatida ona ko‘krak suti saqlanib qoladi.
Misol uchun: 6 oydan boshlab ko‘pchilikni uyida mavjud kartoshkani qaynatib pishirib, undan suyuqroq ezilgan bo‘tqa tayyorlanadi va birinchi martasiga 1-2 osh qoshiqni sekin asta kam-kamdan beriladi, bu ozuqa mahsulotini kuniga 2-marta berish maqsadga muvofiqdir. Bir haftadan so‘ng, sabzi qo‘shiladi va shu tariqa har hafta yangi sabzavot yoki meva qo‘shilib boriladi.
1 yoshdan katta bolalar oila dasturxoniga o‘rgangan bo‘lib, oilada tayyorlangan ovqat mahsulotini tanovvul qiladilar. Ular ham kattalardek issiq kunlarda yengil hazm bo‘ladigan ovqatlarni iste’mol qilganlari maqsadga muvofiq.
Yengil hazm bo‘ladigan mahsulotlarga: qaynatilgan yoki dimlangan turli xildagi sabzavotlar, don mahsulotlari, mevalar va ko‘katlar kiradi. Go‘sht, tuxum, tovuk, baliq mahsulotlarini uzoq muddat qaynatish yoki dimlash tavsiya qilinadi. Sutdan tayyorlangan suzma, qatiq, pishloq va ayronlarni ham iste’mol qilsa bo‘ladi.
Bu yoshdagi bolalarga xuddi kattalardek yog‘li, qovurilgan, achchiq va sho‘r mahsulotlarni, konservalarni cheklash kerak. Shuningdek, un mahsulotlari, ya’ni xamir ovqatlarini imkon qadar kamaytirilgani yaxshi. Turli xil tuzlamalar, konservalar, kolbasa va shunga o‘xshash yarimfabrikatlar, tayyor pishiriqlar va tortlarni iste’molini cheklash maqsadga muvofiqdir. Bu mahsulotlarni oshqozon ichak tizimi hazm qilishi qiynalishi bilan birga, suvsizlanishni kuchaytiradi bu esa meyoridan ortiq suyuqlik ichishni keltirib chiqaradi.
Misol uchun: qaynatma sho‘rva, tovuq sho‘rva, mastava, turli xil qatiqli suyuq ovqatlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Dimlangan sabzavotlar, dimlama yoki shavla yeyish mumkin.

Suyuqliklar tavsiyasi

Ko‘p miqdorda va ortiqcha, ya’ni inson tana vazniga nisbatan suyuqlik uchun belgilangan miqdordan ortiqcha suyuqlik ichish oqibatida, qon suyuqlashishi kuzatilishi mumkin, bu esa lohaslikni va turli xil xolsizlik holatlarini kuchaytiradi. Kattalarda qon bosimini ortishi yoki tushishi ham kuzatilishi mumkin.
Suyuqliqlardan imkon qadar yangi mevalardan uyda qaynatilgan kompotlar, kisel va turli damlamalarni ichish tavsiya qilinadi. Ovqatdan 1 soat oldin yoki keyin choy ichish marosimlarini tashkil qilish mumkin, unda qora yoki ko‘k choylar, yoki bugungi kunda ko‘pchilikka ma’qul bo‘layotgan limon, yalpiz yoki quritilgan mevalar solingan choylar ichish marosimlarini o‘tkazish mumkin.
Shunga alohida e’tibor berish kerakki, o‘rtacha kattalar kuniga 2,5-3 litrgacha suyuqlik ichishlari kerak bo‘lsa, 2-10 yoshgacha bolalar 1-1,5 litrgacha ichishlari, 11-18 yoshdagi bolalar 1,5-2 litrgacha ichishlari tavsiya etiladi. Ichiladigan suyuqlik kunning ertalabdan ikki qismiga to‘g‘ri kelib, tushdan so‘ng, ya’ni 16:00-17:00 dan so‘ng suyuqlik ichishni kamaytirish kerak. Bu bilan tungi vaqtda buyrak zo‘riqishini oldini olgan bo‘lamiz.
Yangiliklar lentasi
0