Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi bo‘lmaydi — ro‘yxat

© pexels.com/Nithin PAKrupnim planom foto kapli vodi
Krupnim planom foto kapli vodi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2023
Obuna bo‘lish
Suv ta’minoti to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Poytaxtning ayrim hududlarida bahorgi-yozgi mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ichimlik suv bosimi pasayishi va vaqtincha bo‘lmasligi kuzatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 29-may soat 09:00 dan 30-may soat 09:00 gacha:
Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: Urug‘chilik markazi, Milliy bog‘, Yangi tong, Alisherobod, Zafar, Jo‘shqin, Sog‘lom avlod, Farovon hayot, Jasorat, Nurli Zamin ko‘chalarida, Anay buloq ko‘chasi ko‘p qavatli uyda, Texnika Xavfsizligi oliygohida, Viloyat sud-tibbiyot ekspertizasida, Mehnat va ijtimoiy akademiyasida suv bo‘lmaydi.
Shuningdek, 29-may soat 09:00 dan 30-may soat 09:00 gacha:
Sergeli tumani bo‘yicha: Nog‘oyqo‘rg‘on, Yuqori Darxon, Belariq, Pastdarxon mahallalarida, Dehqon bozori, Sergeli avtomobil bozorida;
Yangihayot tumani bo‘yicha: Do‘stlik, Charog‘on, Viqor, Al-Farg‘oniy, Toshkent, Chortoq, Chorbog‘, Yorqin hayot, Olchazor, Qipchoq, Yo‘ldosh, Yangi Choshtepa, Choshtepa, Iqbol, Fayzli mahallalaridagi ko‘p qavatli uylar va xususiy xonadonlarda, 37-sonli oilaviy shifoxonasida, 1-sonli tug‘ruqxonasida, tuman hokimiyati va prokuraturasida suv bo‘lmaydi.
Suv ta’minoti to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.
Yangiliklar lentasi
0