Taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati: Mirabzalova va Rashitov g‘alabali yurishda davom etapti

© NOKMadina Mirabzalova odolela sopernitsu iz Marokko
Madina Mirabzalova odolela sopernitsu iz Marokko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2023
Obuna bo‘lish
Madina Mirabzalova musobaqadagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Bokudagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilarning ishtirokini boshlab bergan Madina Mirabzalova (-57 kg) musobaqadagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Sportchi ikkinchi davrada marokashlik Nada Larajni 2 raundda mag‘lub etib, uchinchi bosqichga yo‘l oldi.
Shuningdek, O‘zbekiston vakili Ulug‘bek Rashitov ham jahon chempionatida yana bir g‘alabani qo‘lga kiritdi. -68 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan taekvondochi uchinchi davrada tunislik Yasir Aounini musobaqadan chiqarib yubordi.
Bugun Ozarbayjon poytaxtida taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Reglamentga ko‘ra, musobaqaning birinchi kunida erkaklar o‘rtasida -68 kg, ayollarda esa -57 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0