https://oz.sputniknews.uz/20230529/ryazanda-ozbek-liboslari-namoyish-qilindi-35464631.html
Razanda o‘zbek liboslari namoyish qilindi — foto
Razanda o‘zbek liboslari namoyish qilindi — foto
Sputnik O‘zbekiston
Razanda “Madaniyatlar sintezi” etnik madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi. 29.05.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-05-29T15:18+0500
2023-05-29T15:18+0500
2023-05-29T16:41+0500
jamiyat
ko‘rgazma
rossiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1d/35462492_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_e52ebaec3df0eb2abdf68559073a8160.jpg
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Razanda hokimiyat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari ko‘magida 23-25 may kunlari ilk bor "Madaniyatlar sintezi" etnik madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Musofir Telegram-kanali xabar qildi.Tadbir “Olmaz” o‘zbek milliy-madaniy tashkiloti tomonidan tashkil qilindi.Tadbirning birinchi kunida mehmonlarga “Fashion with an accent” yangi brendi taqdim etildi hamda professional va havaskor dizaynerlar, milliy jamoat tashkilotlari, Razan xalq amaliy san’ati institutining kattalar va bolalar uchun etnik va zamonaviy liboslari to‘plamlari taqdim etildi. Ikkinchi kun dasturida an’anaviy Razan libosining kelib chiqishi, tarixiy va zamonaviy libosdagi Mixaylovskiy to‘rlari, o‘zbek do‘ppisining maxfiy kodlari haqida ma’ruzalar tinglandi.Buxoro (O‘zbekiston), Vladikavkaz (Osetiya) va Yekaterinburgdan moda va go‘zallik sanoati ijodkorlarining video tabriklari namoyish qilindi.3 kun davomida ko‘rgazma-yarmarka va “Plov62” bufeti ishladi.Ochilish marosimida tashkilotchilar va eng faol ishtirokchilar Razan viloyati hududiy siyosat vazirligining faxriy yorliqlari va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1d/35462492_233:130:1099:780_1920x0_80_0_0_0353b5a9f47c11346d505ed00b63dadb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ko‘rgazma, rossiya, o‘zbekiston
jamiyat, ko‘rgazma, rossiya, o‘zbekiston
Razanda o‘zbek liboslari namoyish qilindi — foto
15:18 29.05.2023 (yangilandi: 16:41 29.05.2023) Razanda “Madaniyatlar sintezi” etnik madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Razanda hokimiyat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari ko‘magida 23-25 may kunlari ilk bor "Madaniyatlar sintezi" etnik madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Musofir Telegram-kanali xabar qildi.
Tadbir “Olmaz” o‘zbek milliy-madaniy tashkiloti tomonidan tashkil qilindi.
Tadbirning birinchi kunida mehmonlarga “Fashion with an accent” yangi brendi taqdim etildi hamda professional va havaskor dizaynerlar, milliy jamoat tashkilotlari, Razan xalq amaliy san’ati institutining kattalar va bolalar uchun etnik va zamonaviy liboslari to‘plamlari taqdim etildi.
Ikkinchi kun dasturida an’anaviy Razan libosining kelib chiqishi, tarixiy va zamonaviy libosdagi Mixaylovskiy to‘rlari, o‘zbek do‘ppisining maxfiy kodlari haqida ma’ruzalar tinglandi.
Buxoro (O‘zbekiston), Vladikavkaz (Osetiya) va Yekaterinburgdan moda va go‘zallik sanoati ijodkorlarining video tabriklari namoyish qilindi.
3 kun davomida ko‘rgazma-yarmarka va “Plov62” bufeti ishladi.
Ochilish marosimida tashkilotchilar va eng faol ishtirokchilar Razan viloyati hududiy siyosat vazirligining faxriy yorliqlari va sovg‘alar bilan taqdirlandi.