O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha hujjatlarni tasdiqladi

© Kabinet Ministrov Kirgizskoy RespublikiKirgiziya i Uzbekistan odobrili dokumenti po demarkatsii gosgranisi mejdu dvumya stranami
Kirgiziya i Uzbekistan odobrili dokumenti po demarkatsii gosgranisi mejdu dvumya stranami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2023
Obuna bo‘lish
Muzokaralar davomida ishchi guruhlarning uchrashuvlari va Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Samarqand shahrida Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari o‘rtasida qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida ishchi guruhlarning uchrashuvlari va Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar chegaraning ayrim uchastkalarida qo‘shma dala tadqiqotlari natijalarini muhokama qildilar.
Qo‘shma demarkatsiya komissiyasi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, tomonlar davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlarni tasdiqladi.
Ta’kidlanishicha, muzokaralar do‘stlik va o‘zaro anglashuv muhitida o‘tdi. Tadbirlar yakuni bo‘yicha tegishli bayonnomalar imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov o‘tgan yilning noyabr oyida Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani to‘liq ratifikatsiya qiluvchi qonunni imzolagan edi.
Yangiliklar lentasi
0