Olov ibodatxonalaridan ko‘k gumbazgacha: O‘zbekistonning eng qadimiy masjidlari — foto

© Sputnik / A. GorachevVid na minaret Djuma (1788 g.). Samiy stariy minaret v Xive, raspolojen radom s mechetyu Djuma.
Vid na minaret Djuma (1788 g.). Samiy stariy minaret v Xive, raspolojen radom s mechetyu Djuma.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning boy tarixiy madaniy meros obyektlari orasida masjidlar alohida o‘rin tutadi. Sputnik 8-19 asrlarda qurilib, bugunga qadar saqlanib qolgan eng qadimiy masjidlar haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi.

1. Hazrati Xizr, Samarqand – 8-asr

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaHazrat Xizr masjidi, Samarqand
Mechet Xazrat Xizr v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Hazrat Xizr masjidi, Samarqand
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda dastlab zardo‘shtiylar sajdagohi mavjud bo‘lgan. VIII asrda arablar ularning ibodatxonalarini buzib tashlaydi. Keyinroq shu tepalikdagi ibodatxona o‘rniga Qutayba ibn Muslim tomonidan birinchi masjid quriladi va Hazrati Xizr nomi bilan ataladi. Masjid 1220-yilda mo‘g‘ullar istilosi davrida butunlay vayron qilingan.
© SputnikHazrati Xizr, Samarqand
Mechet Xazrati Xizr, gde poxoronen perviy prezident Uzbekistana Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Hazrati Xizr, Samarqand
Hozirgi masjid 1854-yilda qadimiy poydevor ustiga qurilgan. 1884-yilda binoda pardozlash va rekonstruksiya ishlari olib borildi. 1899-yilda masjidning ayvonlari qayta qurilib, darvozaxona qo‘shilgan. Qurilish ishlari 1919-yilda samarqandlik mashhur usta Abduqodir bin Boqiy (Abduqodir Boqiyev) tomonidan kirish portali va sharqiy minora o‘rnatilib, darvozaxona to‘g‘ridan-to‘g‘ri gumbaz bilan yopilganida nihoyasiga yetdi.
© Foto : UMUHazrati Xizr, Samarqand
Mechet Xazrati Xizr v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Hazrati Xizr, Samarqand
Darvoza peshtoqgumbazli, uning 2 burchagiga qubbasi qovurg‘ali guldasta-minoralar ishlangan, peshtoqning chap tomonida ravoqli, o‘ymakori bezatilgan 5 ta yog‘och ustunli peshayvon jozibador naqshlar bilan serhasham bezatilgan, qirma usulidagi ganch bezaklar mahorat bilan ishlangan. Tashqarisi piltavor gumbaz 8 qirrali poygumbazga o‘rnatilgan, oralig‘i muqarnaslar bilan ziynatlangan.

2. Deggaron, Navoiy – 11-asr

© Foto : Heritage of the Great SeljuksDegaron masjidi, Navoiy
Degaron mechet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Degaron masjidi, Navoiy
Navoiy viloyati, Xazar qishlog‘ida joylashgan amal qiluvchi juma masjidi.
Arxelog olimlar xulosasiga ko‘ra, masjid qurilishi 7-9 asrlarga to‘g‘ri keladi, ayrim manbalarga ko‘ra 11-asr. Masjid nomi o‘rta asrlarda bu hududda gullab-yashnagan kulolchilik bilan bog‘liq. “Deggaron” so‘zi “kulol” ma’nosini anglatadi.
© Foto : Heritage of the Great SeljuksDegaron masjidi, Navoiy
Degaron mechet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Degaron masjidi, Navoiy
Deggaron masjidi O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi islom diniy binolaridan biridir. Masjid islomgacha bo‘lgan davrdga xos diniy arxitektura - zardushtiylik ibodatxonalarini eslatadi.
© Foto : Heritage of the Great SeljuksDegaron masjidi, Navoiy
Degaron mechet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Degaron masjidi, Navoiy
Uning markaziy gumbazi tizimi bilan ajralib turadigan, to‘rtta tayanch ustunga asoslangan. Xuddi shunday me’moriy yechim ilk xristian cherkovlariga ham xos bo‘lgan.

3. Mog‘aki Attori, Buxoro – 12-asr

CC BY-SA 4.0 / Davide Mauro / Magok-i-Attari mosqueMog‘aki Attori masjidi, Buxoro
Mechet Magoki Attori v Buxare. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Mog‘aki Attori masjidi, Buxoro
XII asrda qoraxoniylar hukmronligi davrida bunyod etilgan. Me’moriy obidaning asosiy qismi va so‘nggi holatdagi ko‘rinishi o‘rta asrlarning so‘nggi davrida, XVI asrda bunyod etilgan.
Mechet Magoki Attori, Buxara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Mog‘aki Attori masjidi, Buxoro
Masjid tarhi (13,35×17,6 m) sodda yechimga ega, ichkarisi 6 ustunli, 12 gumbazli, o‘rta gumbazi balandroq bo‘lib, uning asosidagi darchalar orqali bino ichiga yorug‘lik tushadi.
CC BY-SA 4.0 / Davide Mauro / Magok-i-Attari mosqueMog‘aki Attori masjidi, Buxoro
Mechet Magoki Attori, Buxara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Mog‘aki Attori masjidi, Buxoro
1997 yilda Buxoro shahrining 2500-yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida “Mag‘oki Attor” masjidi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YuNESKO tashkilotining Butunjahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan.

4. Bibixonim, Samarqand – 15-asr

© Mixail GenisBibi xonim masjidi, Samarqand
Mechet Bibi-Xanim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Bibi xonim masjidi, Samarqand
Dastlabki nomi Juma masjidi bo‘lgan, Amir Temur buyrug‘iga binoan 1399 – 1404-yillarda qurilgan. Masjid qurilishida Hindiston va Eron va Xorazmdan 200 nafar eng yaxshi ustalar olib kelingan. Masjid poydevori va hovlisidagi toshlar yaqin va uzoqdagi tog‘lardan olib kelingan. Masjid qurilishining so‘nggi bosqichini Amir Temurning rafiqasi, Saroymulk xonim nazorat qiladi.
© pixabay.com/LoggaWigglerBibi xonim masjidi, Samarqand
Mechet Bibi-Xanim v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Bibi xonim masjidi, Samarqand
Qurib bitkazilgan masjid hovlisida bir vaqtning o‘zida 10 ming kishi namoz o‘qishi mumkin edi, uning gumbazi – o‘sha vaqtda dunyoda mavjud bo‘lgan masjidlar orasida eng kattasi edi.

5. Ko‘k gumbaz, Shahrisabz — 15-asr

Mechet Kok Gumbaz v Shaxrisabze. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Ko‘k-Gumbaz masjidi, Shahrisabz
15-asrning birinchi yarmida mashhur astronom va faylasuf Ulug‘bek tomonidan mo‘g‘ullardan oldingi bino poydevoriga qurilgan Ko‘k gumbaz masjidi Dorut-Tillovat tarkibiga kiruvchi Shahrisabzdagi eng yirik juma masjididir.
© YuNESKOKo‘k-Gumbaz masjidi, Shahrisabz
Istoricheskiy sentr goroda Shaxrisabz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Ko‘k-Gumbaz masjidi, Shahrisabz
Masjidning asosiy nuqtalariga yo‘naltirilgan to‘rtta chuqur bo‘shliq mavjud bo‘lib, devorlari oq ganch bilan ishlangan va eng zo‘r ko‘k naqsh bilan bo‘yalgan.
Manzil: Ko‘k gumbaz masjidi R-82 avtomagistrali yaqinida, Shahrisabzning janubi-sharqiy qismida joylashgan.

6. Masjidi Baland, Buxoro – 16-asr

Mechet Baland, Buxara. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Masjidi Baland, Buxoro.
Buxoro vaziri tomonidan XVI asrning ikkinchi yarmida Ka’baning o‘lchamida qurilgan masjid. Ya’ni eniga 11 m., uzunasiga 13 m. va balandligi 15 m. va yana shu bilan birga, bu masjidning ajoyiboti shundaki, masjid ichida ustun yo‘q. Tom qismi zanjirga tortilgan bo‘lib, yog‘och ustunlardan foydalanilmagan.
Mechet Baland, Buxara. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Masjidi Baland, Buxoro.
Sharq tomonidagi to‘q yashil rangli izoralarga 6 burchakli ko‘k sopol koshinlar terilgan. G‘ishtchalar atrofiga nozik o‘simliksimon shakllar chizilib, ustidan oltin suvi yuritilgan. Devorning g‘arbiy tomonidagi izoralar koshinli bo‘lib, kundal usulidagi naqshlar bilan hoshiyalangan.
Mazkur masjid o‘sha davrning mashhur ustasi Mirdo‘stim tomonidan qurilgan. Masjid derazalaridagi panjaralar sopol g‘ishtchalardan terilgan. Mehrobining atrofi sirkor sopolchalar bilan bezatilgan va ularga oltin suvi yuritilgan. Bino bir necha bor ta’mirlangan.

7. Masjidi Kalon, Buxoro – 16-asr

Mechet Kalyan v Buxare. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Masjidi Kalon, Buxoro
Masjidi Kalon inshooti o‘rta asrlarning noyob me’morchilik namunasi bo‘lib, uning o‘rnida dastlab qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida Juma masjidi bunyod etilgan. Shayboniylar davrida esa u Masjidi Kalon sifatida qayta qurilgan. 1121-yilda bunyod etilgan bo‘lsa, 1514-yilda u qayta qurila boshlagan va XVI asrning o‘rtalarida uning bunyod etilishi yakunlangan.
© Upravlenie musulman UzbekistanaMasjidi Kalon, Buxoro
Samie krupnie mecheti Uzbekistana  Masjidi Kalon (Buxara) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Masjidi Kalon, Buxoro
Inshoot to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (127×78 m), keng hovli atrofini gumbazli bostirma ayvon egallagan. 188 qubba (gumbazcha) 208 ustunga tayangan. Ular o‘ziga xos mahobatli ko‘rinishga ega bo‘lib, ustunlarga keyinchalik murabba tarhli poy ustunlar o‘rnatilgan. Hovlining to‘rt tomoni markazida naqshinkor peshtoqlar bor. Sharqdagi tashqi ulkan peshtoq mahobati va muhtasham bezagi bilan ajralib turadi. Masjidi Kalonning tashqi 7 eshigi bo‘lib, asosiy sharqiy darvoza oldida va ichida keng ayvonlar joylashgan.
1997 yilda YuNESKO tashkilotining Butunjahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan.

8. Oq masjid, Xiva – 17-asr

CC BY 2.0 / upyernoz / Ak MosqueOq machit, Xiva
Ak mechet (Belaya mechet) v Xive. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Oq machit, Xiva
Oq masjid Ichan kal’aning sharqiy darvozasi Palvon darvoza yonida joylashgan. U ikki bosqichda qurilgan: dastlab 1647-yilda Shayboniy Anushxon davrida Anush hammomi bilan birga masjidning poydevori qo‘yildi, ammo binoning o‘zi 1838-42 yillardagi Qo‘ng‘irotlar sulolasi davridagina qurib bitkazildi.
Ak mechet Xiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Oq machit, Xiva
Oq masjid o‘ziga xos me’morchilik uslubiga ega — bino uchta galereyaga tutashgan gumbazli zaldir. Oq masjid oddiy mahala masjidi bo‘lgani sababli hech qanday maxsus bezaklarsiz qurilgan. Masjidning yagona bezaklari yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatilgan eshik va derazalardir. Oq masjid masjidining derazalariga ochiq naqshli ganch panjaralari o‘rnatilgan.
Ak mechet Xiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Oq machit, Xiva
Masjid poydevori to‘rtburchak shaklda bo‘lib, oq sharsimon gumbaz bilan qoplangan. Namoz xonasining o‘zi 6,33 × 6,35 metrni tashkil qiladi, uning devorlari oq shlakli gips bilan qoplangan. Xonaning uch tomonida yog‘och ustunli ayvonlar o‘rnatilgan.
Oq masjid o‘zining kichik o‘lchamiga qaramay, o‘rta asrlar Xivaning eng go‘zal yodgorliklaridan biridir. Uning sodda, ammo ayni paytda nafis me’morchiligi masjidni Ichan qal’aning boshqa yodgorliklaridan ajratib turadi.

9. Juma masjid, Xiva – 18-asr

© Sputnik / UtarbekovJuma masjid, Xiva
Mechet Djuma v xivinskoy kreposti Ichan-Kala. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Juma masjid, Xiva
Dastlab IX-X asrlarda qurilgan masjid. Manbalarga ko‘ra, mazkur bino buzilib ketgan va o‘rniga 1788-yilda Abdurahmon Mehtar buyrug‘iga binoan xuddi shu usulda kattaroq yangi masjid qurilgan.
© Sputnik / Mariya NaumenkoJuma masjid, Xiva
Mechet Djuma v xivinskoy kreposti Ichan-Kala - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Juma masjid, Xiva
Hozirda u Ichan qal’aning sharqiy va g‘arbiy darvozalarini birlashtiruvchi yo‘l o‘rtasida joylashgan. Masjid bir qavatli bo‘lib, atrofi g‘ishtin devor bilan o‘ralgan. Uning boshqa masjidlardan farqi qadimiy arab me’morligiga xos uslubda (yopiq, ko‘p ustunli hamda hovlisiz qilib) qurilganligidadir.
Mechet Djuma v xivinskoy kreposti Ichan-Kala. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Juma masjid, Xiva
Xonaqoh ichi shiftdagi ikki tuynuk orqali yoritiladi. Tomi yassi, to‘sinli, shipini 212 ustun ko‘tarib turadi. Ustunlar 17 qatorli, oralig‘i 3,15×3,15 m. Tashqi devorlari oddiy bezaksiz. Bosh tarzidagi eshik yog‘och o‘ymakorligida ishlangan noyob namuna hisoblanadi. Ichki bezaklari sodda ganch suvoq qilingan. Mehrob ravog‘ida iroqi muqarnas va ko‘k rangli bo‘yama naqsh saqlangan. Ustunlar masjid tuzilishining asosini tashkil etish bilan birga uning badiiy bezagi hamdir.

10. Namozgoh masjidi, Toshkent – 19-asr

CC BY-SA 4.0 / Bobyrr / Mechet NamazgoxNamozgoh masjidi, Toshkent
Mechet Namazgox v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Namozgoh masjidi, Toshkent
1865 yilda Toshkentdagi eng yirik masjidlardan biri sifatida qurilgan. Masjidning hajmi 56x15 m bo‘lib, sharqona uslubda qad ko‘targan. Usti ko‘k gumbazli bo‘lib, ganchli o‘ymalar va chiroyli naqshlardan iborat. Ayvoni ham keng bo‘lib, namozxonlar bemalol ibodat qilishi uchun mo‘ljallangan.
1971 yildan Toshkent islom instituti tasarrufiga kirgan. Hozirda masjid Xasti Imom majmuasiga qarashli bo‘lib, ziyoratchilar va sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatadi.
CC BY-SA 4.0 / Bobyrr / Mechet NamazgoxNamozgoh masjidi, Toshkent
Mechet Namazgox v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Namozgoh masjidi, Toshkent
Yangiliklar lentasi
0