O‘zbekistonlik taekvondochilar Bokudagi jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

© NOKMadina Mirabzalova vishla v sleduyushiy krug sostazaniy, pobediv iranku Tinu Modanlo
Madina Mirabzalova vishla v sleduyushiy krug sostazaniy, pobediv iranku Tinu Modanlo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2023
Obuna bo‘lish
Reglamentga ko‘ra, musobaqaning birinchi kunida erkaklar o‘rtasida -68 kg, ayollarda esa -57 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Bugun Ozarbayjon poytaxtida taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Unda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchi Madina Mirabzalova musobaqani g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
-57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Madina Mirabzalova eronlik Tina Modanlo bilan jangda 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ikkinchi davrada O‘zbekiston vakiliga marokashlik Nada Laraj raqiblik qiladi.
Reglamentga ko‘ra, musobaqaning birinchi kunida erkaklar o‘rtasida -68 kg, ayollarda esa -57 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Bugungi bellashuvlarda o‘zbekistonlik sportchilardan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov ham jang qiladi.
Yangiliklar lentasi
0