Olmaliqda markaziy ko‘chalardan biri 2 oyga yopildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishZnak "Remont dorogi". Illyustrativnoe foto
Znak Remont dorogi. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2023
Obuna bo‘lish
Haydovchilardan ushbu holatni inobatga olgan holda harakatlanishlari so‘ralgan.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishi munosabati bilan markaziy ko‘chalardan biri 2 oy muddatga yopildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 28-may kuni soat 16:00 dan boshlab, Olmaliq shahri Ehtirom ko‘chasining ma’lum bir qismi (Oydin bozori) 2 oy muddatga yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishi munosabati bilan transport vositalari harakati uchun to‘liq cheklandi. Ushbu ko‘chani aylanib o‘tish uchun haydovchilar Mirzo Ulug‘bek, Totuvlik, Baynalminalchilar ko‘chalari orqali harakatlanadi.
© press-slujba xokimiyata Tashkentskoy oblastiOdnu iz sentralnix ulis Almalika perekrili na 2 mesatsa
Odnu iz sentralnix ulis Almalika perekrili na 2 mesatsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2023
“Haydovchilardan ushbu holatni inobatga olgan holda harakatlanishlarini, harakatlanish vaqtida yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0