Nodirbek Abdusattorov nufuzli “Norway Chess” turnirida ishtirok etadi
© Foto : Iz lichnogo arxiva Nodirbeka AbdusattorovaNodirbek Abdusattorov
Obuna bo‘lish
Musobaqada Magnus Karlsen, Anish Giri, Hikaru Nakamura va dunyoning boshqa kuchli shaxmatchilari sovrin uchun kuch sinashishadi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Norvegiyaning Stavanger shahrida bo‘lib o‘tadigan eng nufuzli klassik shaxmat turnirlaridan biri bo‘lgan “Norway Chess” musobaqasida ishtirok etadi.
29 may-9 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan musobaqaning sovrin jamg‘armasi 2,5 million kronni tashkil etadi (taxminan 243 ming dollar). G‘olib 750 ming kron (taxminan 67,6 ming dollar) oladi.
Turnirda quyidagi shaxmatchilar ishtirok etadi:
FIDE jahon reytingi yetakchisi Magnus Karlsen (2853, Norvegiya);
Alirizo Firuzja (4-o‘rin, 2785, Fransiya)
Hikaru Nakamura (5-o‘rin, 2775, AQSh)
Anish Giri (6-o‘rin, 2768, Niderlandiya)
Fabiano Karuana (7-o‘rin, 2764, AQSh)
Uesli So (8-o‘rin, 2760, AQSh)
Shahriyar Mamedarov (16-o‘rin, 2738, Ozarbayjon)
Gukesh Dommaraju (18-o‘rin, 2732, Hindiston)
Nodirbek Abdusattorov (19-o‘rin, 2731, O‘zbekiston)
Aran Tari (104-o‘rin, 2642, Norvegiya).
Bugun musobaqa doirasida blis bahslari o‘tkaziladi. Unda barcha 9 ta tur o‘yinlari tashkil etiladi. Ertadan boshlab esa klassik bahslar boshlanadi.
Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 22:00 dan so‘ng boshlanadi.
Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 22:00 dan so‘ng boshlanadi.
Avvalroq Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha “ChessKid” turniri g‘olibi bo‘lgani xabar qilingan edi.