Misr O‘zbekistonga gepatit S ga qarshi preparatning yangi partiyasini yubordi

© IA "Dunyo"preparat "Daklatasvir"
preparat Daklatasvir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2023
Obuna bo‘lish
Ushbu preparatni Misr hukumati O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida ajratgan.
TOShKENT, 29-may, Sputnik. Kuni kecha “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Sharm ash-Shayxdan Toshkentga gepatitga qarshi “Daklatasvir” preparatini olib keldi, deya xabar bermoqda “Dunyo”.
17 mingdan ortiq preparat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida davolangan bemorlarga tarqatiladi.
Ta’kidlash kerak, Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 2023-2024 yillar davomida gepatit C kasalligiga qarshi 4,8 million dollarlik “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarini bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Eslatib o‘tamiz, 29-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportiga gepatit S ga qarshi “Daklatasvir” preparatining birinchi partiyasi yetib kelgan edi.
Yangiliklar lentasi
0