Farg‘onada Milliy gvardiya va tez yordam mashinalari to‘qnashdi

© Glavnoe upravlenie oxrani Natsionalnoy gvardii Respubliki UzbekistanV Fergane stolknulis "skoraya" i mashina Nasgvardii.
V Fergane stolknulis skoraya i mashina Nasgvardii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2023
Obuna bo‘lish
YTH oqibatida 2 nafar fuqaro yengil va o‘rta darajadagi tan jarohati olgan.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida Qo‘riqlash boshqarmasi tezkor harakatlanuvchi guruh avtomashinasi va tez tibbiy yordam mashinalari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, boshqarma mashinasi Navoiy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishdagi tez tibbiy yordam bo‘limining “Damas” avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida 2 nafar fuqaro yengil va o‘rta darajadagi tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0