Bokudagi jahon chempionatida Rashitov ham ishonchli g‘alaba qozondi

© NOKUverennaya pobeda ot Rashitova
Uverennaya pobeda ot Rashitova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2023
Obuna bo‘lish
Malavilik Jozef Firiga qarshi dayanga chiqqan Rashitov ikki raundni muddatidan avval yakunlab, keyingi davraga yo‘l oldi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov Bokuda boshlangan jahon chempionatidagi ilk jangini o‘tkazdi.
Malavilik Jozef Firiga qarshi dayanga chiqqan Rashitov ikki raundni muddatidan avval yakunlab, katta qiyinchiliksiz keyingi davraga yo‘l oldi.
Bugun Ozarbayjon poytaxtida taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Reglamentga ko‘ra, musobaqaning birinchi kunida erkaklar o‘rtasida -68 kg, ayollarda esa -57 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqada -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchi Madina Mirabzalova eronlik Tina Modanlo bilan jangda 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olgan edi.
Yangiliklar lentasi
0