Turkiyada prezidentlik saylovining ikkinchi turi boshlandi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishMujchina vo vremya dosrochnogo golosovaniya na vseobshix viborax na izbiratelnom uchastke v posolstve Tursii v Moskve, arxivnoe foto
Mujchina vo vremya dosrochnogo golosovaniya na vseobshix viborax na izbiratelnom uchastke v posolstve Tursii v Moskve, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2023
Obuna bo‘lish
Mamlakat bo‘yicha 191 mingdan ortiq saylov qutilari o‘rnatilgan. Saylovchilar soni 60 million kishidan oshadi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Bugun, 28-may kuni Turkiyada mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida ovoz berish uchun saylov uchastkalari ochildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Mamlakat bo‘yicha 191 mingdan ortiq saylov qutilari o‘rnatilgan. Saylovchilar soni 60 million kishidan oshadi.
14 may kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishning birinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, nomzodlardan hech biri 50 foiz ovoz to‘play olmagan. “Respublika alyansi”dan nomzod, amaldagi prezident Rajab Toyib Erdog‘an (49,52 foiz ovoz) va “Xalq ittifoqi”dan nomzod Kemal Qilichdoro‘g‘li (44,88 foiz ovoz) ikkinchi turga chiqish huquqini qo‘lga kiritgan.
Birinchi turda 5,17 foiz ovoz olgan Ata alyansidan prezidentlikka sobiq nomzod Sinan O‘g‘an ikkinchi turda tarafdorlarini Erdog‘anni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Ovozlarni hisoblash saylov uchastkalari yopilganidan so‘ng darhol, mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da boshlanadi.
Xorijda yashayotgan Turkiya fuqarolari uchun ovoz berish 24-may kuni yakunlandi. 73 mamlakatda jami 3,5 million saylovchi ovoz berdi.
Yangiliklar lentasi
0