O‘zbekistonda haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPalomniki v Mekke
Palomniki v Mekke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga 4-iyundan 19-iyunga qadar har kuni 4 ta aviaqatnov amalga oshiriladi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. O‘zbekistonda haj mavsumi joriy yil 4-iyundan boshlanadi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.
O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga 4-iyundan 19-iyunga qadar har kuni 4 ta aviaqatnov amalga oshiriladi.
Bu yil 10 ta hududiy aeroportlardan – Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Farg‘ona-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Termiz-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina yo‘nalishlari bo‘yicha ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi.
Ta’kidlanishicha, ziyoratchilarni guruhlarga ajratish, ellikboshilar biriktirish, ularning malakasini oshirish, shifokorlash ajratish, oshpazlarni jalb etish ishlari yakuniga yetkazildi.
“Haj-2023” mavsumiga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish maqsadida dastlabki ishchi guruh Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan va ayni paytda ular tomonidan barcha tashkiliy va amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, tajribali ulamolar tomonidan ellikboshilar bilan ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish yuzasidan safar oldi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tilgan. Guruh rahbarlari ziyoratchilar bilan safar oldi o‘quv mashg‘ulotlarini boshlab yuborgan. Ziyoratchilarga haj risolasi ham taqdim etilgan.
Avvalroq, hajga borishdan oldin bajariladigan amallar haqida xabar bergandik.
Yangiliklar lentasi
0