O‘zbekistonlik para suzuvchilar xalqaro musobaqani 2 ta medal bilan boshlashdi

© Natsionalniy paralimpiyskiy komitet.Para plavanie
Para plavanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2023
Obuna bo‘lish
Islam Aslanov kumush, Muzaffar Tursunxo‘jayev esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekistonlik para suzuvchilar xalqaro musobaqani 2 ta medal bilan boshlashdi, deya xabar berdi Milliy paralimpiya qo‘mitasi.
Shu kunlarda para suzish bo‘yicha terma jamoa a’zolari Fransiyaning Limoj shahrida bo‘lib o‘tayotgan jahon seriyasiga kiruvchi nufuzli musobaqada ishtirok etishmoqda.
Bugun musobaqaning S13 klassida erkaklar o‘rtasida 100 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha bahslarda qatnashgan ikki nafar hamurtimiz sovrindorlar safidan joy oldi.
Jumladan, Islam Aslanov 52.40 soniya bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
53.19 soniya natija bilan uning ortidan finishga kelgan yana bir vakil Muzaffar Tursunxo‘jayev esa delegatsiya hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ydi. Ushbu yo‘nalishda g‘oliblik mezbon fransiyalik sportchiga nasib etdi.
Para suzuvchilarning ushbu musobaqadagi ishtiroki davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0