Farg‘ona yirik to‘qimachilik fabrikasini ishga tushirishga tayyorlanmoqda — foto

Obuna bo‘lish
To‘qimachilik fabrikasi ishga tushishi bilan 1100 ta yangi doimiy ish o‘rni yaratiladi.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Farg‘ona viloyati Rishton tumanida “Rus-O‘zbekteks” paxta-to‘qimachilik klasteri qoshida yirik to‘qimachilik fabrikasi ish boshlaydi. Viloyat hokimligi ma’lum qilishicha, fabrika Mustaqillik bayrami arafasida ochiladi.
To‘qimachilik fabrikasi yillik 7200 tonna kalava ip, 6800 tonna mato, 3300 tonna momiq sochiq hamda 3300 tonna choyshab ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Fabrikada 1100 ta yangi doimiy ish o‘rni yaratiladi.
“Loyiha qiymati 33 mln yevroga teng bo‘lgan korxona qurilishida so‘nggi bosqich ishlari yakunlanmoqda. Hozirgi kunda qurilish ishlari deyarli yakunlanib, xorijdan keltirilgan eng so‘nggi rusumdagi uskunalarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Viloyat hokimi Rishton tumanidagi o‘rganishlari doirasida “Rus-O‘zbekteks” paxta-to‘qimachilik klasteri qoshida tashkil etilayotgan to‘qimachilik fabrikasining qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
© Xokimiyat Ferganskoy oblasti
Tekstilnaya fabrika - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Xokimiyat Ferganskoy oblasti
Tekstilnaya fabrika - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Xokimiyat Ferganskoy oblasti
Tekstilnaya fabrika - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Yangiliklar lentasi
0