Hajga borishdan oldin bajariladigan amallar
© AP Photo / Amr NabilPalomniki sovershayut obxod vokrug Kaabi
© AP Photo / Amr Nabil
Obuna bo‘lish
Haj safari uchun uydan chiqib ketayotganda sadaqa qilishi kerakligini bilasizmi? Ushbu muqaddas ziyoratga chiqishdan oldin sunnat hisoblanadigan yana qanday amallar bor?
Haj islomdagi besh rukndan biri. O‘zida joiz shartlarni topgan har bir musulmon bu ibodatni ado etishi farzdir.
“Haj” apabcha co‘z bo‘lib, lyg‘atda “qacd qilmoq” ma’nocini anglatadi. Ulamolap ta’pifida eca, ma’lym vaqtda, ma’lym makonda, ma’lym ibodatlapni niyat bilan ado etishdip, deyiladi.
Haj ibodati hijratning to‘qqizinchi yili (milodiy 631-yilda) farz bo‘lgan, uning farz ekanligiga Qur’oni karimning Oli Imron surasidagi quyidagi oyati karima dalildir:
“Yo‘lga qodir bo‘lgan odamlar zimmasida Alloh uchun Baytni haj qilish (farzi) bordir. Kimda-kim (buni) inkor etsa, bas, albatta, Alloh olamlardan behojatdir” (97-oyat).
Ushbu mavzuda batafsil va aniq ma’lumot olish uchun Sputnik O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markaziga murojaat qildi va quyidagilarni aniqladi.
Muborak haj safariga tayyorgarlik ko‘rayotgan kishiga quyidagi amallarni bajarish tavsiya etiladi:
1.
Haj safariga otlanuvchi kishi o‘zidan ko‘ngli ranjigan kishilarning ko‘ngillarini ovlashi, ularni rozi qilishi zarur;2.
Odamlar bilan muomalani to‘g‘rilashi;3.
Biror kishiga zulm qilgan bo‘lsa, undan kechirim so‘rashi;4.
Biror kishining molini nohaq yeb qo‘ygan bo‘lsa, uni o‘ziga yoki merosxo‘rlariga qaytarib berishi;5.
Barcha qilgan gunohlariga astoydil tavba qilishi;6.
Ota-onasini rozi qilib safar qilishi;7.
Bola-chaqalarini xotirjam qilib safar qilishi;8.
Qarzlarini ado qilib safarga chiqishi;9.
Solih kishilar bilan safar qilishi;10.
Hajning farz va vojib masalalarini yaxshilab o‘rganib olishi;11.
O‘zi bilan Haj kitobini olishi;12.
Safarga tijorat maqsadlarini aralashtirmay, xolis ibodat maqsadida safar qilishi;13.
Riyo va shuhratparastlikdan o‘zini yiroq tutishi;14.
Safar davomida o‘zini hokisor va tavoze bilan tutishi;15.
Zaruriy narsalarni sotib olish chog‘ida sotuvchi bilan haddan ziyod tortishmasligi;16.
Haj safari davomida pul sarflashda xasislik qilmasligi;17.
Sheriklariga sarf-xarajat qilish to‘g‘ri kelib qolsa, mamnuniyat bilan ularga sarf qilishi;18.
Uydan chiqib ketayotganda sadaqa qilishi;19.
Safar davomida hojatmand odamlarga sarf qilaman deb o‘zi bilan ortiqcha mablag‘ olishi;20.
Ikki rakat namoz o‘qib yo‘lga chiqishi;21.
Uydan chiqib ketayotgan paytda odamlar bilan qo‘l berib so‘rashib, ulardan haqqiga duo qilib turishlarini so‘rashi;22.
Boshqalarning ham haj qilishga ketayotgan kishidan duo qilishini so‘rashlari;23.
Kuzatuvchi ham, safarga ketuvchi ham o‘z duolarini o‘qishlari;24.
Safar duosini o‘qishi;25.
Safar davomida qayerga tushsalar, o‘sha joyda ikki rakat namoz o‘qib olishi (mustahab);26.
Safar davomida Alloh taoloning zikrini qilib, ota-onasi, farzandlari va barcha musulmonlar haqqiga duo qilishi;27.
Safar davomida tortishish, dilozorlik va tilozorlik kabi narsalardan saqlanishi;28.
Barchaga halimlik bilan, xushmuomalada bo‘lishi;29.
Besh vaqt namozni imkoni boricha jamoat bilan ado qilishi;30.
Namozlarni o‘z vaqtida ado qilishi;31.
Sunnati ravotiblarni iloji boricha tark qilmasligi lozim.