“Uzbekistan Airways” Urumchiga parvozlarni qayta tiklaydi

© Press-slujba Uzbekistan airwaysSamolet Uzbekistan Airways
Samolet Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Obuna bo‘lish
Koronavirus pandemiyasi sabab 2020-yil fevralida Toshkent-Urumchi qatnovlarini to‘xtatib qo‘yilgandi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. “Uzbekistan Airways” Toshkentdan Urumchiga parvozlarni qayta tiklaydi. Bu aviakompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Bu yo‘nalishdagi muntazam parvozlar 30-iyundan boshlab har hafta juma/shanba kunlari (shanba kuniga o‘tadigan qatnov) amalga oshiriladi.
Chiptalar narxi:
Toshkent – Urumchi 2 738 000 so‘mdan;
Toshkent – Urumchi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta 4 867 000 so‘mdan boshlanadi
“Uzbekistan Airways” koronavirus pandemiyasi sabab 2020-yil fevralida Toshkent-Urumchi qatnovlarini to‘xtatib qo‘ygandi.
Hozir Xitoyning “China Southern Airlines” aviakompaniyasi Urumchi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirib kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0