Samarqandda uch bola Zarafshon darosida cho‘kib ketdi

© Sputnik / Stas EtveshTonushiy chelovek
Tonushiy chelovek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Obuna bo‘lish
Zarafshon darosiga cho‘milish uchun borgan uch bola ehtiyotsizlik sabab cho‘kib ketdi. Ulardan birining jasadi topilgan.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. 25-may kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Zarafshon darosiga cho‘milish uchun borgan 3 nafar bola ehtiyotsizlik sabab cho‘kib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar berdi.
FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 nafar bolaning murdasi topilgan. Qolgan 2 nafar bolani qidirib topish ishlari olib borilmoqda.
Ta’kidlanishicha, hozir marhumning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
Bosh prokuratura fuqarolardan cho‘milish ruxsat etilmagan, taqiqlangan, oqim tezligi yuqori bo‘lgan, chuqur, o‘ziga notanish bo‘lgan suv havzalarida cho‘milmaslik qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0