https://oz.sputniknews.uz/20230526/ozbekiston-rossiya-sport-hamkorlik-35366185.html
O‘zbekiston va Rossiya qaysi sport turlarida birga hamkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston va Rossiya qaysi sport turlarida birga hamkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga hamkorlikni yangilashni taklif qildi. O‘zbekiston ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
2023-05-26T12:04+0500
2023-05-26T12:04+0500
2023-05-26T12:25+0500
sport
o‘zbekiston
rossiya
o‘zbekiston - rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/17/18463578_0:66:3409:1983_1920x0_80_0_0_658ba7257da8d2bd2a1cc0c7f756ee78.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston bir qator sport turlarini rivojlantirishda rossiyalik mutaxassislar bilan birga ishlaydi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.O‘zbekiston va Rossiya Olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida memorandum imzolandi.Kuni kecha O‘zbekiston va Rossiya Olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida yirik hamkorlik memorandumi imzolandi. Qayd etilishicha, xalqaro maydonda yuqori natijalarga erishishda jahon tajribasini o‘rganish muhim. Shu bois O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi yirik sport derjavalari bilan hamkorlikni davom ettiradi.Shuningdek, hujjatda ikkala davlat hududida olimpizmning asosiy tamoyillari va qadriyatlarini targ‘ib qilish, ommaviy sport va oliy sport yutuqlarini rivojlantirishga ko‘maklashish kabi bandlar ko‘rsatib o‘tilgan.Aytilishicha, avval ham O‘zbekiston va Rossiya Olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Rossiya tomoni uni bugungi kunga mos tarzda yangilash taklifi bilan chiqdi. O‘zbekiston ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. So‘nggi memorandumda bir qator bandlar yangilandi.O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi yirik sport davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirishni davom ettiradi. Xususan, sport derjavalari Xitoy, Yaponiya kabi Olimpiya qo‘mitalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.O‘zbekistonda jamoaviy va murakkab texnik sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha bu yo‘nalishlar rivojlangan davlatlarning Olimpiya qo‘mitalariga taklif bilan chiqilgan. Ijobiy natijalar kutilmoqda.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Rossiya sportchilari qishki va yozgi “Osiyo bolalari” o‘yinlari, MDH o‘yinlarida ishtirok etishadi. Kelgusi MDH o‘yinlari Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda har ikki davlat sportchilari qatnashishi rejalashtirilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Dostonbek Rahmatullayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34374677_207:199:686:678_100x100_80_0_0_0ebbda2f233e2b8e368e45219324be77.jpg
Dostonbek Rahmatullayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34374677_207:199:686:678_100x100_80_0_0_0ebbda2f233e2b8e368e45219324be77.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/17/18463578_338:0:3069:2048_1920x0_80_0_0_8697421927420df6100dcb14f5683198.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Dostonbek Rahmatullayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34374677_207:199:686:678_100x100_80_0_0_0ebbda2f233e2b8e368e45219324be77.jpg
o‘zbekiston rossiya sport milliy olimpiya qo‘mitasi
o‘zbekiston rossiya sport milliy olimpiya qo‘mitasi
O‘zbekiston va Rossiya qaysi sport turlarida birga hamkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
12:04 26.05.2023 (yangilandi: 12:25 26.05.2023) Dostonbek Rahmatullayev
Muxbir
Rossiya O‘zbekistonga hamkorlikni yangilashni taklif qildi. O‘zbekiston ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston bir qator sport turlarini rivojlantirishda rossiyalik mutaxassislar bilan birga ishlaydi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Kuni kecha O‘zbekiston va Rossiya Olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida yirik hamkorlik memorandumi imzolandi. Qayd etilishicha, xalqaro maydonda yuqori natijalarga erishishda jahon tajribasini o‘rganish muhim. Shu bois O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi yirik sport derjavalari bilan hamkorlikni davom ettiradi.
“O‘zbekiston va Rossiya Olimpiya qo‘mitalari ushbu memorandum doirasida o‘zaro hurmat, tenglik, sportda “halol o‘yin” tamoyillariga rioya qilish, jinsi, irqi, dini, tili, ijtimoiy mavqeyi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi bo‘yicha kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik tamoyillariga asoslangan hamkorlik qilishni ko‘zda tutadi”, - dedi Ergashev.
Shuningdek, hujjatda ikkala davlat hududida olimpizmning asosiy tamoyillari va qadriyatlarini targ‘ib qilish, ommaviy sport va oliy sport yutuqlarini rivojlantirishga ko‘maklashish kabi bandlar ko‘rsatib o‘tilgan.
“Rossiya deyarli barcha sport turlarida kuchli terma jamoalarga ega. Shu bois yakkakurash sport turlaridan sport kurashlari, qilichbozlik, jamoaviy sport turlaridan voleybol, basketbol, shuningdek, qishki sport turlari yo‘nalishlarini rivojlanishida rossiyalik mutaxassislar bilan birga ishlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, - dedi mutaxassis.
Aytilishicha, avval ham O‘zbekiston va Rossiya Olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Rossiya tomoni uni bugungi kunga mos tarzda yangilash taklifi bilan chiqdi. O‘zbekiston ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. So‘nggi memorandumda bir qator bandlar yangilandi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi yirik sport davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirishni davom ettiradi. Xususan, sport derjavalari Xitoy, Yaponiya kabi Olimpiya qo‘mitalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.
O‘zbekistonda jamoaviy va murakkab texnik sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha bu yo‘nalishlar rivojlangan davlatlarning Olimpiya qo‘mitalariga taklif bilan chiqilgan. Ijobiy natijalar kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Rossiya sportchilari qishki va yozgi “Osiyo bolalari” o‘yinlari, MDH o‘yinlarida ishtirok etishadi. Kelgusi MDH o‘yinlari Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda har ikki davlat sportchilari qatnashishi rejalashtirilgan.