O‘zbekiston — Gvatemala o‘yinini qayerda jonli efirda tomosha qilish mumkin?

© Futbolnaya assotsiatsiya UzbekistanaMolodojnaya sbornaya Uzbekistana po futbolu do 20 let
Molodojnaya sbornaya Uzbekistana po futbolu do 20 let - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Gvatemalaga qarshi maydonga tushadi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Bugun Argentinada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha U-20 jahon chempionatida O‘zbekiston – Gvatemala uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Gvatemalaga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Uchrashuv 27-mayga o‘tar kechasi soat 1:48 da boshlanadi.
Jahon chempionati FIFA sayti orqali jonli efirga uzatiladi. Bundan tashqari, "Uzreport TV" telekanalida ham tomosha qilish mumkin.
Uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq oq libosda, darvozabon esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.
Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Muhammad Ma’ruf (Misr) ishlaydi. Unga qanotlarda Zakariyo Brinsi (Marokash) va Abbos Akram (Jazoir) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Bou Abdulazizga (Mavritaniya) topshirilgan.
Shuningdek, VARda Amr El Shinavi (Misr) va Hamza El Fariq (Marokash) faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar O‘zbekiston Argentina va Yangi Zelandiya jamoalariga qarshi to‘p surdi. Argentina bilan kechgan uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Yangi Zelandiya bilan durang o‘ynadi.
Yangiliklar lentasi
0