https://oz.sputniknews.uz/20230526/ozbekiston-donalab-sigaret-sotish-35360374.html
Endi O‘zbekistonda donalab sigaret sotish taqiqlanadi — yangi qoidalar
Endi O‘zbekistonda donalab sigaret sotish taqiqlanadi — yangi qoidalar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 3 oydan so‘ng, donalab yoki ochilgan, iste’mol o‘rovida sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulot sotish taqiqlanadi.
2023-05-26T08:54+0500
2023-05-26T08:54+0500
2023-05-26T12:06+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tamaki mahsulotlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/970/82/9708243_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_2e4b7887cc410189794c3f66d6abe7fd.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Endi O‘zbekistonda donalab yoki ochilgan sigaretalar sotish taqiqlanadi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–844-sonli qonunda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan), iste’mol o‘rovida (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulot sotish taqiqlanadi.Quyidagilar tamaki mahsulotlari jumlasiga kiradi:Tamaki mahsulotlarining rag‘batlantiruvchi, tetiklashtiruvchi, shifobaxsh, yoshartiruvchi yoki boshqa ijobiy samaraga ega ekanligi haqida bevosita yoki bilvosita tasavvur hosil qiladigan axborotni joylash taqiqlanadi.Shuningdek, "qatron miqdori kam", "yengil", "juda yengil","juda yengil", "yumshoq", "ekstra", "ultra", "ingichka" kabi so‘zarni yoxud bunday so‘zlar bilan bir o‘zakli so‘zlarni, chet tillardagi muqobillari, chet tillardan tarjima qilinadigan muqobillarini joylashtirish taqiqlanadi.Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylarga tamaki mahsulotlarining qoldiqlari uchun yonmaydigan axlatdonlar, shuningdek, bunday joylarda qayerdaligi haqida axborot beruvchi ko‘rsatkichlar o‘rnatiladi.Tamaki mahsuloti qutisida (o‘ramida) mahsulotni iste’mol qilishning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi matn va rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud bo‘lishi shart.Sotuvchi tamaki mahsulotlarini savdo zaliga qo‘yishdan oldin tashqi belgilariga qarab ularning sifatini tekshirib ko‘rishga majburdir.O‘zbekistonda 21 yoshga to‘lmaganlarga tamaki va alkogol sotish taqiqlandi
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/970/82/9708243_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_05d9ac6dcd5ab802658435f6fab3bbae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston yangi qonun sigaret tamaki taqiq qonun
o‘zbekiston yangi qonun sigaret tamaki taqiq qonun
Endi O‘zbekistonda donalab sigaret sotish taqiqlanadi — yangi qoidalar
08:54 26.05.2023 (yangilandi: 12:06 26.05.2023) O‘zbekistonda 3 oydan so‘ng donalab yoki ochilgan, iste’mol o‘rovida sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulot sotish taqiqlanadi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Endi O‘zbekistonda donalab yoki ochilgan sigaretalar sotish taqiqlanadi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan
O‘RQ–844-sonli qonunda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan), iste’mol o‘rovida (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulot sotish taqiqlanadi.
Quyidagilar tamaki mahsulotlari jumlasiga kiradi:
chekiladigan mahsulotlar (papiroslar, sigaralar, sigaretalar, sigarillalar (sigaritalar);
qizdiriladigan tamaki mahsulotlari;
chekiladigan va chekilmaydigan mahsulotlar (nosvoy, tamakili snyus, hidlanadigan tamaki, chaynaladigan tamaki).
Tamaki mahsulotlarining rag‘batlantiruvchi, tetiklashtiruvchi, shifobaxsh, yoshartiruvchi yoki boshqa ijobiy samaraga ega ekanligi haqida bevosita yoki bilvosita tasavvur hosil qiladigan axborotni joylash taqiqlanadi.
Shuningdek, "qatron miqdori kam", "yengil", "juda yengil","juda yengil", "yumshoq", "ekstra", "ultra", "ingichka" kabi so‘zarni yoxud bunday so‘zlar bilan bir o‘zakli so‘zlarni, chet tillardagi muqobillari, chet tillardan tarjima qilinadigan muqobillarini joylashtirish taqiqlanadi.
Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylarga tamaki mahsulotlarining qoldiqlari uchun yonmaydigan axlatdonlar, shuningdek, bunday joylarda qayerdaligi haqida axborot beruvchi ko‘rsatkichlar o‘rnatiladi.
Tamaki mahsuloti qutisida (o‘ramida) mahsulotni iste’mol qilishning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi matn va rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud bo‘lishi shart.
Sotuvchi tamaki mahsulotlarini savdo zaliga qo‘yishdan oldin tashqi belgilariga qarab ularning sifatini tekshirib ko‘rishga majburdir.