Moldovada G‘alaba kunini qayta nomlash to‘g‘risidagi qonunga qarshi miting bo‘lib o‘tmoqda

© Sputnik / OsmatescoMiting v Kishineve v zashitu Dnya Pobedi.
Miting v Kishineve v zashitu Dnya Pobedi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Obuna bo‘lish
Moldovadagi hukmron yevropaparast partiya G‘alaba kunini Ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lganlarni xotirlash kuni deb qayta nomlash taklifi bilan chiqqan.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Moldovada muxolifat kommunistlar va sotsialistlar partiyalari vakillari va tarafdorlari parlament binosi oldida G‘alaba kunini qayta nomlashga qarshi chiqib, norozilik namoyishlarini uyushtirishmoqda, deya xabar bermoqda Sputnik Moldova.
Moldovadagi hukmron yevropaparast partiya G‘alaba kunini Ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lganlarni xotirlash kuni deb qayta nomlash taklifi bilan chiqqan. G‘alaba kunini 8-may kuni nishonlash taklif qilinmoqda. Dam olish kuni 9-maydan 8-mayga ko‘chiriladi. Buni nazarda tutuvchi qonun loyihasi parlament majlisida ko‘rib chiqilishi kerak.
Namoyishchilar G‘alaba bayrog‘ini ko‘tarib olishgan, qo‘llarida “Biz g‘oliblar avlodimiz”, “G‘alabadan qo‘lingni tort” deb yozilgan plakatlar bor. Ular hukumat xatti-harakatlarini qoralab, bu qonun loyihasini ko‘rib chiqmaslikni talab qilishmoqda.
Shuningdek, hukumatga qarshi shiorlar yangramoqda. Namoyishchilar mamlakat rahbariyatining iqtisodiy va energetika inqiroziga qarshi kurasha olmayotganini tanqid qilishmoqda. Parlament binosi yoniga politsiyaning qo‘shimcha kuchlari tortib ketilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar namoyishchilarning harakatiga aralashmayapti.
Ilgari Moldova hukumati georgiy tasmasini taqiqlagan edi.
Turli ma’lumotlarga ko‘ra, Qizil armiya tarkibida 400 mingga yaqin Moldova aholisi jang qilgan. Ulardan 250 minggi medal va ordenlar bilan taqdirlangan. 19 kishi Sovet Ittifoqi Qahramoni bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0