https://oz.sputniknews.uz/20230526/mirziyoyev-chilonzor-tumani-industriya-xabi-35408585.html
Mirziyoyev: Chilonzor tumanini industriya xabiga aylantirish kerak
Mirziyoyev: Chilonzor tumanini industriya xabiga aylantirish kerak
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Chilonzor sanoat zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
2023-05-26T19:41+0500
2023-05-26T19:41+0500
2023-05-26T19:45+0500
iqtisod
siyosat
shavkat mirziyoyev
toshkent
chilonzor tumani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1a/35406295_80:142:1268:811_1920x0_80_0_0_421c2f25603df9b894bff7fb00ec531e.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Chilonzor sanoat zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Mazkur sanoat hududida bugungi kunda 510 ta korxona bo‘lib, yana ko‘plab yangilari tashkil etilmoqda. Xususan, oziq-ovqat korxonasida yiliga 7 ming tonna mahsulot, shu jumladan 10 turdagi chips tayyorlanmoqda. Yaqinda loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirilib, mahsulotlar turi kengaytiriladi.Mebelsozlik tarmog‘idagi korxonada yiliga 2 million metr kvadrat yog‘och panellar ishlab chiqarilmoqda. Ularning katta qismi import o‘rnini bosishi bilan ahamiyatli.Funksional oziq-ovqatlar kombinatida yiliga 5 million quti yodlangan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ularning 30 foizini eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan.Davlat rahbari ushbu korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Ularning har biri o‘ziga xos yo‘nalish tanlaganiga e’tibor qaratib, barcha hududlarda shunday korxonalarni tashkil etish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi. Yodning aholi salomatligi uchun muhimligini inobatga olib, mamlakatimizda yod bilan boyitilgan oziq-ovqatlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.Shu yerda Chilonzor tumanida sanoatni rivojlantirish rejalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.Mirziyoyev iqtisodiy loyihalar ijtimoiy sohada ham natija keltirishi zarurligiga alohida to‘xtaldi. Tadbirkorlarga ko‘mak berib, faoliyatini kengaytirib, mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga hissa qo‘shish zarurligini ta’kidladi. Bu borada boshlangan yangi dasturdan foydalanib, tumandagi 3 ming kambag‘al va 10 ming ishsiz fuqaroni ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Prezident Chilonzor tumanidagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasini ham ko‘zdan kechirdi.
chilonzor tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1a/35406295_92:16:1208:853_1920x0_80_0_0_c65643366e2567100a5370d9534ae10f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev toshkent shahri chilonzor industriya xabi
shavkat mirziyoyev toshkent shahri chilonzor industriya xabi
Mirziyoyev: Chilonzor tumanini industriya xabiga aylantirish kerak
19:41 26.05.2023 (yangilandi: 19:45 26.05.2023) Prezident boshlangan yangi dasturdan foydalanib, tumandagi 3 ming kambag‘al va 10 ming ishsiz fuqaroni ish bilan ta’minlash vazifasini topshirdi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Chilonzor sanoat zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Mazkur sanoat hududida bugungi kunda 510 ta korxona bo‘lib, yana ko‘plab yangilari tashkil etilmoqda. Xususan, oziq-ovqat korxonasida yiliga 7 ming tonna mahsulot, shu jumladan 10 turdagi chips tayyorlanmoqda. Yaqinda loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirilib, mahsulotlar turi kengaytiriladi.
Mebelsozlik tarmog‘idagi korxonada yiliga 2 million metr kvadrat yog‘och panellar ishlab chiqarilmoqda. Ularning katta qismi import o‘rnini bosishi bilan ahamiyatli.
Funksional oziq-ovqatlar kombinatida yiliga 5 million quti yodlangan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ularning 30 foizini eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Davlat rahbari ushbu korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Ularning har biri o‘ziga xos yo‘nalish tanlaganiga e’tibor qaratib, barcha hududlarda shunday korxonalarni tashkil etish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi. Yodning aholi salomatligi uchun muhimligini inobatga olib, mamlakatimizda yod bilan boyitilgan oziq-ovqatlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Shu yerda Chilonzor tumanida sanoatni rivojlantirish rejalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
“Chilonzor tumanida juda katta infratuzilma, bo‘sh turgan binolar, kafolatlangan energiya resurlari bor. Faqat tadbirkorlarga mablag‘ berib, xorijiy texnologiyalar olib kelib, Chilonzorni industriya xabiga aylantirish kerak”, - dedi prezident.
Mirziyoyev iqtisodiy loyihalar ijtimoiy sohada ham natija keltirishi zarurligiga alohida to‘xtaldi. Tadbirkorlarga ko‘mak berib, faoliyatini kengaytirib, mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga hissa qo‘shish zarurligini ta’kidladi. Bu borada boshlangan yangi dasturdan foydalanib, tumandagi 3 ming kambag‘al va 10 ming ishsiz fuqaroni ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Prezident Chilonzor tumanidagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasini ham ko‘zdan kechirdi.