Maxsus operatsiya: 26-mayning asosiy xabarlari
© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRabota mobilnoy gruppi bistrogo reagirovaniya v zone SVO.
© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy
/ Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi maxsus harbiy operatsiya rejalari va maqsadlariga muvofiq Ukraina Qurolli kuchlari va yollanma askarlarni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Mudofaa vazirligi hisoboti:
O‘tgan tunda Rossiya Qurolli ruchlari uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qurollar bilan Ukraina qo‘shinlarining o‘q-dorilar saqlanadigan joylariga guruhli zarba berdi. Zarba barcha nishonga olingan obyektlarga yetib bordi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Dvurechnaya va Kislovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 35 nafar harbiy xizmatchisi, uchta mashinasi va "Msta-B" gaubitsasini yo‘q qildi.
Xarkov viloyatining Masutovka va Ivanovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning ikkita diversion va razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida aviatsiya va "Markaz" qo‘shinlari guruhi artilleriyasiLugansk Xalq Respublikasining Kuzmino va Donetsk Xalq Respublikasining Yampolovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 60 dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita zirhli jangovar mashinasi, ikkita pikapi, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, shuningdek, D-20 va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Donetsk yo‘nalishida operativ-taktik va armiya aviatsiyasining zarbalari, "Janub" kuchlar guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida dushmanning 190 nafargacha harbiy xizmatchilari, ikkita zirhli jangovar mashinasi, uchta pikapi D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
DXRning Verxnekamenskoe qishlog‘i yaqinida UQKning 54-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Janubiy Donetsk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" qo‘shinlari guruhi Zaporoje viloyatining Orexov, Malaya Tokmachka va LXRning Novoselka aholi punktlari hududlarida dushmanning 120 dan ortiq harbiy xizmatchilari, shuningdek, to‘rtta avtomashinasini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida kun davomida 30 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, beshta texnika, D-30 gaubitsasi va "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi yo‘q qilindi.
Armiya aviatsiyasi va artilleriyasi o‘tgan sutka davomida UQKning 92 ta tumanda o‘q otish pozitsiyalarda joylashgan 78ta artilleriya bo‘linmalari va harbiy texnikasi zarba berdi.
Nikolayev viloyati, Novonikolayevka aholi punkti hududida "ST-68UM" past balandlikdagi nishonlarni aniqlash va kuzatish uchun Ukraina radiolokatsion stansiyasi yo‘q qilindi.
Havo mudofaa kuchlari tomonidan "Grom-2" operativ-taktik raketasi, AQShda ishlab chiqilgan HIMARS ko‘p raketali tizimining 10ta raketasi, shuningdek, ikkita uzoq masofali "Storm Shadow" qanotli raketalari tutib olindi.
Bundan tashqari, Xarkov viloyati Olshana, LXRning Zolotarevka, Nikolayevka, DXRNing Artyomovsk, Xerson viloyatining Golaya Pristan, Velika Lepetixa, Zaporojye viloyatining Komsomolskaya va Tokmak aholi punktlari hududlarida kuniga 20ta Ukraina uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 429 ta samolyot, 235 ta vertolot, 4341 ta uchuvchisiz uchish apparati, 424 ta zenit-raketa majmuasi, 9302 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1100 ta ko‘p raketali tizimlar, 4908 ta dala artilleriya qurollari va minomotlar, shuningdek, 10464 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.