https://oz.sputniknews.uz/20230525/yangi-aeroport-toshkent-35346753.html
Yangi Toshkent aeroporti qayerda joylashishi ma’lum qilindi
Yangi Toshkent aeroporti qayerda joylashishi ma’lum qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Mavjud aeroport ham o‘z ishini davom ettirishi mumkin.
2023-05-25T18:01+0500
2023-05-25T18:01+0500
2023-05-25T18:01+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
toshkent viloyati
aeroport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/638/61/6386171_0:6:5568:3138_1920x0_80_0_0_28e89ed2f9175d9750e41743aa64e909.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Agar yangi Toshkent aeroporti qurilishi ma’qullansa, havo bandargohi shahar tashqarisiga olib chiqiladi, deb xabar berdi "Uzbekistan Airports" Sputnik muxbiriga.Shu bilan birga, mavjud aeroport ham o‘z ishini davom ettirishi mumkin. Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, yangi aeroport qurish masalasi haligacha hal etilmagan.Eslatib o‘tamiz, kuni kecha "Uzbekistan Airports" Singapurning "Changi Airports" kompaniyasi bilan birgalikda Toshkentda yangi aeroport qurish masalasi ustida ish olib borayotgani ma’lum qilingandi.Tomonlar “Toshkent” xalqaro aeroportini hamkorlikda rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi, bu esa mavjud havo bandargohini optimallashtirish va yangisini qurish uchun texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlashni nazarda tutadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/638/61/6386171_402:0:5351:3712_1920x0_80_0_0_445ad4df6e99dc04d4dfec92b1255c91.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston toshkent aeroport uzbekistan airports
o‘zbekiston toshkent aeroport uzbekistan airports
Yangi Toshkent aeroporti qayerda joylashishi ma’lum qilindi
Eksklyuziv
Yangi aeroport qurilsa, u Toshkent tashqarisida joylashadi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Agar yangi Toshkent aeroporti qurilishi ma’qullansa, havo bandargohi shahar tashqarisiga olib chiqiladi, deb xabar berdi "Uzbekistan Airports" Sputnik muxbiriga.
Shu bilan birga, mavjud aeroport ham o‘z ishini davom ettirishi mumkin. Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, yangi aeroport qurish masalasi haligacha hal etilmagan.
“Toshkent xalqaro xab sifatida ulkan eksport salohiyatiga ega. Ammo mavjud aeroportning ko‘plab cheklovlari bor, chunki poytaxtning rivojlanishi bilan u deyarli shahar markazida bo‘lib chiqdi...Shu bois yangi aeroport qurish masalasi ustida ishlayapmiz”, - dedi "Uzbekistan Airports" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha "Uzbekistan Airports" Singapurning "Changi Airports" kompaniyasi bilan birgalikda Toshkentda yangi aeroport qurish masalasi ustida ish olib borayotgani ma’lum qilingandi.
Tomonlar “Toshkent” xalqaro aeroportini hamkorlikda rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi, bu esa mavjud havo bandargohini optimallashtirish va yangisini qurish uchun texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlashni nazarda tutadi.