https://oz.sputniknews.uz/20230525/yadro-quroli-belarus-tomon-harakat-qilishni-boshladi-35358411.html
Yadro quroli Belarus tomon harakat qilishni boshladi — Lukashenko
Yadro quroli Belarus tomon harakat qilishni boshladi — Lukashenko
Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko strategik bo‘lmagan yadro qurollarini Belarus hududiga ko‘chirish boshlanganini e’lon qildi.
2023-05-25T22:51+0500
2023-05-25T22:51+0500
2023-07-06T17:33+0500
dunyoda
rossiya
belarus
aleksandr lukashenko
yadro quroli
vladimir putin
aqsh
yevropa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/388/40/3884092_0:160:3076:1890_1920x0_80_0_0_470b274e27b6cfe484ae3ff3932363cf.jpg
TOShKENT, 25-may – Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyadan Belarus hududiga yadro qurolini ko‘chirish boshlanganini ma’lum qildi.Lukashenko aytishiga qaraganda, bu jarayon Moskva bilan Belarusda taktik yadro qurollarini joylashtirish bo‘yicha kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda. Lukashenko mamlakatga qaytgach, yadro quroli allaqachon respublikada bor-yo‘qligiga aniqlik kiritishga va’da berdi. Ayni dama Belarus yetakchisi YeOII Oliy kengashi majlisida ishtirok etish uchun Moskvada bo‘lib turibdi. Jurnalistlar oldida Belarus yetakchisi mamlakatga olib kelinayotgan Rossiya yadro qurollari xavfsizligini kafolatladi.Eslatib o‘tamiz, 2023-yil boshida Moskva va Minsk Belarusda taktik yadro qurollarini joylashtirishga kelishib olgan edi. Vladimir Putin xabar berganidek, respublika hududida ushbu turdagi qurollarni saqlash ombori qurilishi 1-iyulda yakunlanadi.Lukashenko Rossiya xalqaro majburiyatlarini buzmayotganini alohida ta’kidladi. Qolaversa, Rossiya AQSh Yevropada o‘nlab yillar davomida qilgan ishni qilmoqda: o‘zining taktik yadroviy qurollarini dushman chegarasiga yaqinroq joylashtirmoqda. Peskov ta’kidlaganidek, G‘arbning munosabati Moskvaning rejalariga ta’sir qilmaydi.Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aniqlik kiritishicha, Rossiya Belarusda joylashtirilgan strategik bo‘lmagan yadro qurollari ustidan nazoratni saqlab qolgan. Bugun Mudofaa vazirligi rahbari va uning belaruslik hamkasbi Viktor Xrenin Rossiyaning strategik bo‘lmagan yadro qurolini respublika hududidagi maxsus omborda saqlash tartibini belgilovchi hujjatlarni imzoladi.Aprel oyida Belarus Qurolli kuchlari yadroviy raketalardan foydalanishga qodir bo‘lgan "Iskander-M" taktik kompleksi bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, Belarusning quruqlikdagi hujum samolyotlarining bir qismi yadroviy quroldan foydalanish uchun qayta jihozlangan edi
belarus
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/388/40/3884092_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_f129e0fff61f1232bdce7584de895c9d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
lukashenko yadro qurollari belarus rossiya taktik putin shoygu aqsh
lukashenko yadro qurollari belarus rossiya taktik putin shoygu aqsh
Yadro quroli Belarus tomon harakat qilishni boshladi — Lukashenko
22:51 25.05.2023 (yangilandi: 17:33 06.07.2023) Lukashenko Rossiyaning strategik bo‘lmagan yadro qurollarini Belarus hududiga ko‘chirish boshlanganini e’lon qildi.
TOShKENT, 25-may – Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyadan Belarus hududiga yadro qurolini ko‘chirish boshlanganini
ma’lum qildi. "Belarusda ularni saqlash joylari va boshqalarni tayyorlash kerak edi. Biz bularning barchasini qildik. Endi yadro qurollarini olib kelish harakati boshlandi", - deb uning so‘zlarini keltiradi Sputnik Belarus.
Lukashenko aytishiga qaraganda, bu jarayon Moskva bilan Belarusda taktik yadro qurollarini joylashtirish bo‘yicha kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda. Lukashenko mamlakatga qaytgach, yadro quroli allaqachon respublikada bor-yo‘qligiga aniqlik kiritishga va’da berdi. Ayni dama Belarus yetakchisi YeOII Oliy kengashi majlisida ishtirok etish uchun Moskvada bo‘lib turibdi.
Jurnalistlar oldida Belarus yetakchisi mamlakatga olib kelinayotgan Rossiya yadro qurollari xavfsizligini kafolatladi.
"Bu masala hatto muhokama qilinmaydi. Yadro quroli haqida qayg‘urmang. Biz bunga javobgarmiz. Bu jiddiy masalalar. Bu yerda hammasi joyida bo‘ladi", - deb ishontirdi Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil boshida Moskva va Minsk Belarusda taktik yadro qurollarini joylashtirishga kelishib olgan edi. Vladimir Putin xabar berganidek, respublika hududida ushbu turdagi qurollarni saqlash ombori qurilishi 1-iyulda yakunlanadi.
Lukashenko Rossiya xalqaro majburiyatlarini buzmayotganini alohida ta’kidladi. Qolaversa, Rossiya AQSh Yevropada o‘nlab yillar davomida qilgan ishni qilmoqda: o‘zining taktik yadroviy qurollarini dushman chegarasiga yaqinroq joylashtirmoqda. Peskov ta’kidlaganidek, G‘arbning munosabati Moskvaning rejalariga ta’sir qilmaydi.
Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aniqlik kiritishicha, Rossiya Belarusda joylashtirilgan strategik bo‘lmagan yadro qurollari ustidan nazoratni saqlab qolgan. Bugun Mudofaa vazirligi rahbari va uning belaruslik hamkasbi Viktor Xrenin Rossiyaning strategik bo‘lmagan yadro qurolini respublika hududidagi maxsus omborda saqlash tartibini belgilovchi hujjatlarni imzoladi.
Aprel oyida Belarus Qurolli kuchlari yadroviy raketalardan foydalanishga qodir bo‘lgan "Iskander-M" taktik kompleksi bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, Belarusning quruqlikdagi hujum samolyotlarining bir qismi yadroviy quroldan foydalanish uchun qayta jihozlangan edi