Toshkentda oltin medalli bitiruvchilar soni ma’lum bo‘ldi

© Sputnik/Zafar XalilovPosledniy zvonok
Posledniy zvonok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2023
Obuna bo‘lish
Bitiruvchilarning 1 475 nafari muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Joriy o‘quv yilida Toshkent shahridagi 335 ta umumta’lim maktablarini 73 057 nafar bitiruvchilar tamomladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ularning 41 848 nafari 9-sinfni, 31 209 nafari esa 11-sinfni bitirdi.
Bitiruvchilarning 939 nafari maktabni imtiyozli attestat bilan yakunlab, 90 nafari kumush va 849 nafari oltin medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, ularning 1 475 nafari muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan.
Bugun O‘zbekiston bo‘ylab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etildi. Tadbirlardan suratlar bilan Sputnik fotoreportajida tanishishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0