O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegaradagi tirbandlikni bartaraf etishda qanday taklif berdi?

© Gosudarstvenniy tamojenniy komitet Respubliki Uzbekistan Vstrecha predstaviteley tamojennix slujb Kazaxstana i Uzbekistana
Vstrecha predstaviteley tamojennix slujb Kazaxstana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston–Qozog‘iston chegara-bojxona postlari orqali yuk mashinalarining o‘tkazuvchanligi sutkasiga 700 tagacha kengaytirish kutilmoqda.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegaradagi tirbandliklarni bartaraf etish uchun bir qator takliflar berdi. Bu haqda ikki davlat o‘rtasida bo‘lib o‘tgan sayyor uchrashuvda ma’lum qilindi, deya xabar berdi O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Muxtorov, Qozog‘iston Davlat daromadlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Bakitjan Slyamov va mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamqulov hamda ikkala davlat chegara nazorati rahbariyati ishtirok etdi.
© Gosudarstvenniy tamojenniy komitet Respubliki Uzbekistan Vstrecha predstaviteley tamojennix slujb Kazaxstana i Uzbekistana
Vstrecha predstaviteley tamojennix slujb Kazaxstana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2023

“Ayni vaqtda yurtimizda pishiqchilik mavsumi ham boshlangan bo‘lib, noyabr oyiga qadar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksporti kundan kunga oshadi. Mazkur omillar natijasida o‘zbek-qozoq chegara o‘tkazish punktlarida shu kunlarda jami hisobda mingga yaqin yuk avtotransport vositalarining tirbandligi kuzatilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekistoning “G‘ishtko‘prik”, “Yallama”, “Sirdaryo” chegara bojxona postlari, “Malik”, “Oq oltin” o‘tkazish punktlari, Qozog‘istonning esa “B.Konisbayev”, “Atameken” kabi chegara bojxona postlarida ham bo‘lib, mavjud vaziyatni joyida ko‘zdan kechirishdi, tirbandlikda turgan haydovchilar bilan muloqot qilishdi.
© Gosudarstvenniy tamojenniy komitet Respubliki Uzbekistan Vstrecha predstaviteley tamojennix slujb Kazaxstana i Uzbekistana
Vstrecha predstaviteley tamojennix slujb Kazaxstana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2023
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tomoni asosan kunduzgi vaqtda faoliyat yurituvchi “Malik” (O‘zbekiston) – “Sirdaryo” (Qozog‘iston) o‘tkazish punktini sutkalik rejimga o‘tkazishni taklif qilgan.
Shuningdek, harakatlanayotgan haydovchilarning fuqaroligi va transport ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatga doir cheklovlarni bekor qilish taklifini ham ilgari surmoqda. Buning uchun ikkala davlat o‘rtasida 2001-yilda imzolangan kelishuvlarga o‘zgartirishlar kiritish loyihasi ham ishlab chiqilgan.

Qolaversa, “Yallama” – “B.Konisbayev” chegara-bojxona postlari orqali yuk mashinalarining o‘tkazuvchanligini sutkasiga 700 tagacha kengaytirish taklifi ham yangradi. Buning uchun qo‘shimcha kuch va vositalar, xususan, ilg‘or axborot texnologiyalarini keng jalb etish nazarda tutilgan.

© Gosudarstvenniy tamojenniy komitet Respubliki Uzbekistan Vstrecha predstaviteley tamojennix slujb Kazaxstana i Uzbekistana
Vstrecha predstaviteley tamojennix slujb Kazaxstana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2023
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Musofir” Telegram kanalida o‘zbek-qozoq chegarasida uzundan-uzun navbat yuzaga kelgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, 2023-yilning 4 oyi davomida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasi orqali 331 ming 672 ta avtotransport vositalari harakatlangan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 160 ming 689 tani tashkil qilgan.
Yangiliklar lentasi
0