Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston milliy valyutalarda hisob-kitobni rivojlantirishda davom etadi — Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto
 Shavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida bir qator muhim bayonotlar berdi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bilan milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblarni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi. Bu haqda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida videoaloqa orqali so‘zlagan prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

“O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi sifatida ko‘p tomonlama tadbirlar va loyihalarda ishtirok etishda davom etmoqda... Shuningdek, biz milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblarni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz”, — dedi prezident.

O‘zbekiston prezidenti, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy kengashining uchinchi davlatlar bilan o‘zaro savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi qabul qilingan kelishuvi O‘zbekistonning ittifoq mamlakatlari bilan savdo hajmini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
“O‘zbekiston savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini tubdan oshirish uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha qo‘shma ishlarni davom ettirishga tayyor, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Shu maqsadda O‘zbekistonda milliy texnik reglamentlarni YeOII standartlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari yakunlandi".
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlashmadir. Ittifoqqa Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. Moldova 2018-yil may oyidan YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0