Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Jarroh ortiqcha vazn yo‘qotishning eng samarali usulini aytdi

© Pexels/Andres AyrtonDiyeta
Diyeta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2023
Obuna bo‘lish
Semizlik charchoq va depressiyaga olib kelishi mumkin. Ortiqcha vazn yo‘qotishning eng samarali usuli haqida shifokor fikri bilan tanishning.
Ortiqcha vazn yig‘ish depressiyaga olib kelishi mumkin. Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi, bariatrik jarroh Yevgeniy Zorin "Gazeta.Ru" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Shifokor so‘zlariga ko‘ra, katta yoshdagi insonlarda ortiqcha vazn depressiya holatining rivojlanish xavfini 55% ga oshiradi.
"Atrofdagilarning salbiy munosabati, kasallikni kuchayishi, odamga nisbatan noto‘g‘ri qarashlar va uni bu muammoda ayblash – bularning barchasi insonning o‘ziga bo‘lgan nafratining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat esa o‘z navbatida apatiyaning rivojlanishiga, depressiyaning boshlanishiga aylanadi – dedi shifokor.
Bundan tashqari, mutaxassisning ta’kidlashicha, semirib ketish organizmdagi yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishiga olib keladi, bu ham depressiv holatga asos yaratishi va immunitet tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Zorin, shuningdek, ruhiy muammolar uyqu, ovqatlanish tartibining buzilishi, tushkun kayfiyat va harakatsiz turmush tarzi tufayli vazn ortishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Shifokorning ta’kidlashicha, charchoq va uyquchanlik depressiyaning tez-tez uchraydigan alomatlari bo‘lib, quvonch va qoniqish hissi uchun javob beradigan serotonin va dofaminning yetishmasligi yoki paydo bo‘lmasligi esa jismoniy faollikni pasaytiradi.
Zorinning ta’kidlashicha, ruhiy muammolar mavjud bo‘lganda semizlikni davolash yanada murakkablashadi, ammo buning iloji bor. Ortiqcha vaznga qarshi kurash bir qancha mutaxassislar: bariatrik jarrohlar, endokrinologlar, parhezshunoslar va psixologlarning murakkab ishi. Agar bemor tushkunlikka tushgan bo‘lsa, bu ro‘yxatga klinik psixolog ham qo‘shilishi kerak.
"Bu bemorni kuzatish, uning ovqatlanish odatlarini o‘zgartirish, depressiya yoki boshqa mumkin bo‘lgan ruhiy kasalliklarni dori-darmonlar bilan davolash bo‘yicha ishlarning uzoq davom etadigan jarayoni", – dedi mutaxassis.
Shifokorning fikricha, semizlikka qarshi kurashning eng samarali usuli bu bariatrik jarrohlik* bo‘lib, buning natijasida insonning ortiqcha tana vazni amaliyotdan keyingi birinchi yilda 60-70 foizga kamayadi. Ruhiy muammolar bo‘lsa, u ruhiy va farmakoterapiya bilan birlashtiriladi.
Zorin nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlikni ham teng ravishda nazorat qilib borishni va agar tashvishli alomatlar paydo bo‘lsa, darhol mutaxassis bilan bog‘lanishni tavsiya qildi.

*Bariatrik jarohlik - bu vazn yo‘qotish maqsadida oshqozon, ichak yoki ikkalasini ham jarrohlik yo‘li bilan o‘zgartirish (qisqartirish).
Yangiliklar lentasi
0