https://sputniknews.uz/20230525/dafn-marosimlari-marhumni-xotirlash-urf-odatlar-35247074.html
“Qa’da, sadr, oqkiyar”: qanday dafn marosimlari va marhumni xotirlash urf-odatlari bor
“Qa’da, sadr, oqkiyar”: qanday dafn marosimlari va marhumni xotirlash urf-odatlari bor
"O‘zbekning o‘z so‘zlari" navbatdagi soni o‘zbekcha dafn marosimlari va marhumni xotirlash urf-odatlariga bag‘ishlangan.
2023-05-25T09:15+0500
2023-05-25T09:15+0500
2023-05-25T09:12+0500
o‘zbekning o‘z so‘zlari
bu qiziq
o‘zbek tili
o‘zbekiston
jamiyat
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/923/84/9238440_0:61:1945:1155_1920x0_80_0_0_3f182f3cef5090f68ad2b353a17f2cd9.jpg
Dunyo xalqlarida asrlar davomida odat bo‘lib kelgan har xil urf-odatlar bor. O‘zbek etnografiyasida marhumni dafn qilish va uch hayit ichida o‘tkaziladigan xotirlash marosimlari yuzaga kelgan. Bu marosimlarning nomlari ham o‘ziga xos. Bu galgi maqolamizda dafn va undan keyingi marhumni xotirlashga bag‘ishlangan urf-odatlar nomlari haqida suhbatlashamiz.DavraMarhumning gunohlarini yuvish uchun, janozadan ilgari to‘planib o‘tkaziladigan motam marosimi nomi. Bu marosimda sadaqaga ajratilgan narsalar marhumning yoshiga muvofiq qo‘ldan-qo‘lga o‘tkazib aylantirilgani uchun davra deyilgan.JanozaMarhumni dafn qilishdan oldingi motam marosimi nomi. Islom dinida marhum janoza namozi o‘qilgandan keyin dafn qilinganligi uchun janoza deyilgan. Sobiq ittifoq davrida partiya a’zosi bo‘lgan kishilarga janoza o‘qilishi taqiqlangan edi. Xalq orasida “bejanoza ketdi” deb janoza o‘qilmay ko‘milganlarga aytiladi. Yaxshi kishilarning janozasiga odam ko‘p yig‘ilgan, yomon kishilarning janozasida sanoqli odamlar bo‘lgan, shuning uchunmi “Yomonning janozasidan yaxshining hikoyasi foydali” tarzidagi maqolmonand naql paydo bo‘lgan. Ta’ziyaMarhum dafn qilingandan keyin uch kungacha janoza o‘qilgan xonadonda marhum haqiga duo-fotiha qilish marosimi nomi. Ta’ziya marosimi o‘tayotgan uy ta’ziyaxona, motamxona deyiladi. Marhumni dafn qilishda qatnashganlar, ta’ziyada turganlar va marhumning yaqinlari ta’ziyachi deb ataladi. Azador, motamdor deb marhumning yaqinlariga aytiladi. Marhumning yaxshi odatlarini aytib yig‘lovchi ayollar go‘yanda, yig‘ichi deyilgan. Tobutni qabrga olib borishda oldinda hassa tutib boruvchi erkaklar hassakash bo‘ladi. Kishining vafoti munosabati bilan gazeta-jurnal yoki boshqada e’lon qilingan yozma xabar ta’ziyanoma deyiladi.AzaMayit chiqqan uyda ayollar to‘planib, yig‘i-sig‘i qilib o‘tkazadigan motam marosimi nomi. Qadimiy milliy odatlarga ko‘ra, kishi o‘lganda qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni xotinlar azaga keladi. Shunda azador xotinlardan biri bosh yig‘ichi deyilgan va u marhumning ta’rifini aytib yig‘lagan, boshqa ayollar unga qo‘shilib uv tortib yig‘laganlar. Bunday yig‘ilar yo‘qlov deyiladi, to‘rt qatorli she’rga o‘xshaydi. Bu motam marosimi asosan ayollar ishtirokida o‘tishini quyidagi maqoldan ham bilsa bo‘ladi: Azaga borgan xotin o‘z dardini aytib yig‘lar.FotihaDafn marosimidan keyin uch kungacha, bundan tashqari, arafa va hayit kunlari o‘lik chiqqan uyda marhumga atab o‘tkaziladigan motam marosimi nomi. Bu marosimga mahalladagi katta yoshli kishilar, imom-domlalar bosh bo‘ladi. Fotihaga kelganlar fotihaxon yoki fotihachi deyiladi. Fotihachilar Qur’oni karimdan suralar o‘qib, marhumni duo qilgani uchun fotiha deb ataladi. Xalqimiz bunday marosimda duo qilib o‘tirish odatini fotihaxonlik deydi.Kiruvdi/UchDafn marosimidan uch kun o‘tgach, azali uyda o‘tkaziladigan birinchi motam marosimi nomi. Bu marosimda marhumning kiyimlari yuvilib, yuvg‘uchi (xalq tilida marhumni yuvib-tozalab kafanlagan odam pokchi, g‘assol, murdasho‘y deb, o‘lik yuviladigan to‘rt oyoqli pastak stol sartaxta deb aytiladi)ga berilgani uchun kiruvdi deyiladi. Kiruvdi odati dafnning uchinchi kunida o‘tkazilgani sababli uch deb ataladi.YettiKishi vafotining to‘rtinchi kunidan yettinchi kunigacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladigan motam marosimi nomi. Bu marosimni ma’raka ham deyishadi. Masalan: Kecha, odatga muvofiq, nari-beri yetti qilindi. Oybek, Tanlangan asarlar.YigirmaKishi vafotidan so‘ng o‘n yettinchi yoki o‘n to‘qqizinchi kuni o‘tkaziladigan motam marosimi nomi. Masalan: Yo‘ldosh motamsaro. Onasining janozasi, yigirmasi, qirqi, xatmi qur’on deb, ancha chiqimdor bo‘lganga o‘xshaydi. S.Anorboyev, Mehr.SadrBo‘yga yetgan yigit-qiz yoki kelinchak vafot etganda marhumning “qirq”igacha ayollar ishtirokida o‘tkaziladigan motam marosimi nomi. Bu marosimda marhumning yaqinlaridan bir yoki bir necha kishi davraga tushib, old-orqaga yoki ikki tomonga sollanib, yig‘i bilan ta’sirchan so‘zlarni aytib marhumni eslaganlar, qolganlar ularga jo‘r bo‘lganlar. Masalan, sadr marosimida quyidagi so‘zlar aytilishi mumkin: “Qush edim, qanotimdan ayrildim, Yor edim yo‘ldoshimdan ayrildim...”.QirqKishi vafotidan so‘ng o‘ttiz yettinchi yoki o‘ttiz to‘qqizinchi kuni o‘tkaziladigan motam marosimi nomi.Qa’daMarhum vafotidan keyingi marosimlardan birini, masalan, “yigirma”si yoki “qirq”ini biror yaqin qarindoshinikida o‘tkazishdan iborat marosim nomi. Ba’zan bu marosimni o‘tkazish muddati o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun xalq tilida “Oltin chirimas, qa’da qarimas” degan maqol yuradi.GulMarhum xotirasiga bag‘ishlab bahor kelib, gullar ochilgan paytda o‘tkaziladigan motam marosimi nomi. Odatda, bu marosim marhumning yili bo‘lguncha o‘tkazilgan. Hozirgi kunda juda kam holatda bu marosim o‘tkaziladi. Yozuvchi Mirkarim Osimning “Tilsiz guvoh” asaridagi ushbu misolda dafn marosimlarining ko‘plab nomlari bor: Cholning yostig‘i tagidan topilgan pul uni ko‘mib kelishgagina yetdi. Hali bu yoqda uchi, yettisi, yigirmasi, fotihaxonligi, shakligi, iftorligi, ikki hayiti, guli, qovoq oshi, qovun-uzumi, yiloshisi, oqsolar va hokazolar bor.Qorog‘diMarhumning vafotidan keyin birinchi qor yoqqanda o‘tkaziladigan motam marosimi nomi.YiloshiKishi vafotidan keyin, odatda, to‘qqizinchi yoki o‘n birinchi oyda qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni va mahalla-ko‘yga osh berib o‘tkaziladigan marosim nomi. Bu marosim O‘zbekistonnning barcha viloyat va shaharlarida keng tarqalgan. Quyida berilgan misollar uning Buxoro va Toshkentda o‘tkazilganligini tasdiqlaydi. Masalan: U vazifa: ota-onamiz uchun yiloshi berish va ikki ukamizni to‘y qilish edi. S.Ayniy, Esdaliklar. Azizaning yiloshisidan keyin o‘rtoqlari uni uylanishga majbur qila boshladilar. H. G‘ulom, Toshkentliklar.Oqkiyar/OqsolarKishi vafotidan bir yil o‘tib, uch hayiti o‘tishi munosabati bilan azali uyda o‘tkaziladigan marosim nomi. Bu marosimda marhumning yaqin kishilari qatnashadi. Oqsolar marosimida bir-birlariga oq kiyimlik tarqatadilar. Shundan keyin marhumning yaqinlari egnilaridagi motam liboslarini tashlaydilar. Qora yoki ko‘k rangli kiyimlarni kiymay qo‘yadilar.Shunisi qiziqki, ba’zi joylarda oq kiyish ta’ziya muddati tugaganini, qora kiyimni oq kiyim bilan almashtirishni bildirsa, ba’zi joylarda, masalan, Buxoro tomonlarda azali muddat boshlanganligini bildiradi. Masalan, quyidagi misolda oq kiyish azali holatning boshlanganligini bildirib kelgan: Ro‘zimurodning onasi aza ochdi. Qarindoshlar oq kiyib, ovoz chiqardilar. Sh.Ashurova, Yanga.Xullas, xalqimiz o‘limning haqligini, o‘lim qosh bilan qovoqning o‘rtasidaligini azaldan anglagan. Shuning uchun “o‘lding – unutilding” qabilida ish tutmagan. Marhum vafotidan keyin ham bir yil davomida uni xotirlab turli marosimlarni o‘tkazib kelgan. Yuqorida biz aytgan urf-odatlar bugungi kunda ham biroz qisqargan, ayrimlari unutilgan bo‘lishi mumkin. Ular o‘zbek xalqining odatlari sifatida o‘z davriga moslashib, yashashda davom etmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Yorqinjon Odilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/04/34607116_91:0:561:470_100x100_80_0_0_a0b8fac45f45356729de0d50f3a274a7.jpg
Yorqinjon Odilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/04/34607116_91:0:561:470_100x100_80_0_0_a0b8fac45f45356729de0d50f3a274a7.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/923/84/9238440_153:28:1641:1144_1920x0_80_0_0_125841703a5292da4e1ea0c392a335d1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yorqinjon Odilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/04/34607116_91:0:561:470_100x100_80_0_0_a0b8fac45f45356729de0d50f3a274a7.jpg
dafn marosimlari marhumni xotirlash urf-odatlari
dafn marosimlari marhumni xotirlash urf-odatlari
“Qa’da, sadr, oqkiyar”: qanday dafn marosimlari va marhumni xotirlash urf-odatlari bor
Yorqinjon Odilov
Filologiya fanlari doktori, professor
"O‘zbekning o‘z so‘zlari" navbatdagi soni o‘zbekcha dafn marosimlari va marhumni xotirlash urf-odatlariga bag‘ishlangan.
Dunyo xalqlarida asrlar davomida odat bo‘lib kelgan har xil urf-odatlar bor. O‘zbek etnografiyasida marhumni dafn qilish va uch hayit ichida o‘tkaziladigan xotirlash marosimlari yuzaga kelgan. Bu marosimlarning nomlari ham o‘ziga xos. Bu galgi maqolamizda dafn va undan keyingi marhumni xotirlashga bag‘ishlangan urf-odatlar nomlari haqida suhbatlashamiz.
Davra
Marhumning gunohlarini yuvish uchun, janozadan ilgari to‘planib o‘tkaziladigan motam marosimi nomi. Bu marosimda sadaqaga ajratilgan narsalar marhumning yoshiga muvofiq qo‘ldan-qo‘lga o‘tkazib aylantirilgani uchun davra deyilgan.
Janoza
Marhumni dafn qilishdan oldingi motam marosimi nomi. Islom dinida marhum janoza namozi o‘qilgandan keyin dafn qilinganligi uchun janoza deyilgan. Sobiq ittifoq davrida partiya a’zosi bo‘lgan kishilarga janoza o‘qilishi taqiqlangan edi. Xalq orasida “bejanoza ketdi” deb janoza o‘qilmay ko‘milganlarga aytiladi. Yaxshi kishilarning janozasiga odam ko‘p yig‘ilgan, yomon kishilarning janozasida sanoqli odamlar bo‘lgan, shuning uchunmi “Yomonning janozasidan yaxshining hikoyasi foydali” tarzidagi maqolmonand naql paydo bo‘lgan.
Ta’ziya
Marhum dafn qilingandan keyin uch kungacha janoza o‘qilgan xonadonda marhum haqiga duo-fotiha qilish marosimi nomi. Ta’ziya marosimi o‘tayotgan uy ta’ziyaxona, motamxona deyiladi. Marhumni dafn qilishda qatnashganlar, ta’ziyada turganlar va marhumning yaqinlari ta’ziyachi deb ataladi. Azador, motamdor deb marhumning yaqinlariga aytiladi. Marhumning yaxshi odatlarini aytib yig‘lovchi ayollar go‘yanda, yig‘ichi deyilgan. Tobutni qabrga olib borishda oldinda hassa tutib boruvchi erkaklar hassakash bo‘ladi. Kishining vafoti munosabati bilan gazeta-jurnal yoki boshqada e’lon qilingan yozma xabar ta’ziyanoma deyiladi.
Aza
Mayit chiqqan uyda ayollar to‘planib, yig‘i-sig‘i qilib o‘tkazadigan motam marosimi nomi. Qadimiy milliy odatlarga ko‘ra, kishi o‘lganda qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni xotinlar azaga keladi. Shunda azador xotinlardan biri bosh yig‘ichi deyilgan va u marhumning ta’rifini aytib yig‘lagan, boshqa ayollar unga qo‘shilib uv tortib yig‘laganlar. Bunday yig‘ilar yo‘qlov deyiladi, to‘rt qatorli she’rga o‘xshaydi. Bu motam marosimi asosan ayollar ishtirokida o‘tishini quyidagi maqoldan ham bilsa bo‘ladi: Azaga borgan xotin o‘z dardini aytib yig‘lar.
Fotiha
Dafn marosimidan keyin uch kungacha, bundan tashqari, arafa va hayit kunlari o‘lik chiqqan uyda marhumga atab o‘tkaziladigan motam marosimi nomi. Bu marosimga mahalladagi katta yoshli kishilar, imom-domlalar bosh bo‘ladi. Fotihaga kelganlar fotihaxon yoki fotihachi deyiladi. Fotihachilar Qur’oni karimdan suralar o‘qib, marhumni duo qilgani uchun fotiha deb ataladi. Xalqimiz bunday marosimda duo qilib o‘tirish odatini fotihaxonlik deydi.
Kiruvdi/Uch
Dafn marosimidan uch kun o‘tgach, azali uyda o‘tkaziladigan birinchi motam marosimi nomi. Bu marosimda marhumning kiyimlari yuvilib, yuvg‘uchi (xalq tilida marhumni yuvib-tozalab kafanlagan odam pokchi, g‘assol, murdasho‘y deb, o‘lik yuviladigan to‘rt oyoqli pastak stol sartaxta deb aytiladi)ga berilgani uchun kiruvdi deyiladi. Kiruvdi odati dafnning uchinchi kunida o‘tkazilgani sababli uch deb ataladi.
Yetti
Kishi vafotining to‘rtinchi kunidan yettinchi kunigacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladigan motam marosimi nomi. Bu marosimni ma’raka ham deyishadi. Masalan: Kecha, odatga muvofiq, nari-beri yetti qilindi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Yigirma
Kishi vafotidan so‘ng o‘n yettinchi yoki o‘n to‘qqizinchi kuni o‘tkaziladigan motam marosimi nomi. Masalan: Yo‘ldosh motamsaro. Onasining janozasi, yigirmasi, qirqi, xatmi qur’on deb, ancha chiqimdor bo‘lganga o‘xshaydi. S.Anorboyev, Mehr.
Sadr
Bo‘yga yetgan yigit-qiz yoki kelinchak vafot etganda marhumning “qirq”igacha ayollar ishtirokida o‘tkaziladigan motam marosimi nomi. Bu marosimda marhumning yaqinlaridan bir yoki bir necha kishi davraga tushib, old-orqaga yoki ikki tomonga sollanib, yig‘i bilan ta’sirchan so‘zlarni aytib marhumni eslaganlar, qolganlar ularga jo‘r bo‘lganlar. Masalan, sadr marosimida quyidagi so‘zlar aytilishi mumkin: “Qush edim, qanotimdan ayrildim, Yor edim yo‘ldoshimdan ayrildim...”.
Qirq
Kishi vafotidan so‘ng o‘ttiz yettinchi yoki o‘ttiz to‘qqizinchi kuni o‘tkaziladigan motam marosimi nomi.
Qa’da
Marhum vafotidan keyingi marosimlardan birini, masalan, “yigirma”si yoki “qirq”ini biror yaqin qarindoshinikida o‘tkazishdan iborat marosim nomi. Ba’zan bu marosimni o‘tkazish muddati o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun xalq tilida “Oltin chirimas, qa’da qarimas” degan maqol yuradi.
Gul
Marhum xotirasiga bag‘ishlab bahor kelib, gullar ochilgan paytda o‘tkaziladigan motam marosimi nomi. Odatda, bu marosim marhumning yili bo‘lguncha o‘tkazilgan. Hozirgi kunda juda kam holatda bu marosim o‘tkaziladi. Yozuvchi Mirkarim Osimning “Tilsiz guvoh” asaridagi ushbu misolda dafn marosimlarining ko‘plab nomlari bor: Cholning yostig‘i tagidan topilgan pul uni ko‘mib kelishgagina yetdi. Hali bu yoqda uchi, yettisi, yigirmasi, fotihaxonligi, shakligi, iftorligi, ikki hayiti, guli, qovoq oshi, qovun-uzumi, yiloshisi, oqsolar va hokazolar bor.
Qorog‘di
Marhumning vafotidan keyin birinchi qor yoqqanda o‘tkaziladigan motam marosimi nomi.
Yiloshi
Kishi vafotidan keyin, odatda, to‘qqizinchi yoki o‘n birinchi oyda qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni va mahalla-ko‘yga osh berib o‘tkaziladigan marosim nomi. Bu marosim O‘zbekistonnning barcha viloyat va shaharlarida keng tarqalgan. Quyida berilgan misollar uning Buxoro va Toshkentda o‘tkazilganligini tasdiqlaydi. Masalan: U vazifa: ota-onamiz uchun yiloshi berish va ikki ukamizni to‘y qilish edi. S.Ayniy, Esdaliklar. Azizaning yiloshisidan keyin o‘rtoqlari uni uylanishga majbur qila boshladilar. H. G‘ulom, Toshkentliklar.
Oqkiyar/Oqsolar
Kishi vafotidan bir yil o‘tib, uch hayiti o‘tishi munosabati bilan azali uyda o‘tkaziladigan marosim nomi. Bu marosimda marhumning yaqin kishilari qatnashadi. Oqsolar marosimida bir-birlariga oq kiyimlik tarqatadilar. Shundan keyin marhumning yaqinlari egnilaridagi motam liboslarini tashlaydilar. Qora yoki ko‘k rangli kiyimlarni kiymay qo‘yadilar.
Shunisi qiziqki, ba’zi joylarda oq kiyish ta’ziya muddati tugaganini, qora kiyimni oq kiyim bilan almashtirishni bildirsa, ba’zi joylarda, masalan, Buxoro tomonlarda azali muddat boshlanganligini bildiradi. Masalan, quyidagi misolda oq kiyish azali holatning boshlanganligini bildirib kelgan: Ro‘zimurodning onasi aza ochdi. Qarindoshlar oq kiyib, ovoz chiqardilar. Sh.Ashurova, Yanga.
Xullas, xalqimiz o‘limning haqligini, o‘lim qosh bilan qovoqning o‘rtasidaligini azaldan anglagan. Shuning uchun “o‘lding – unutilding” qabilida ish tutmagan. Marhum vafotidan keyin ham bir yil davomida uni xotirlab turli marosimlarni o‘tkazib kelgan. Yuqorida biz aytgan urf-odatlar bugungi kunda ham biroz qisqargan, ayrimlari unutilgan bo‘lishi mumkin. Ular o‘zbek xalqining odatlari sifatida o‘z davriga moslashib, yashashda davom etmoqda.