Yangilangan "Chevrolet Tracker" va "Onix" avtomobillari sotuvi boshlandi — narxlar

© SputnikUzAuto Motors nachala seriynoe proizvodstvo Chevrolet Tracker 2023
UzAuto Motors nachala seriynoe proizvodstvo Chevrolet Tracker 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2023
Obuna bo‘lish
Shartnoma uchun ochiq bo‘lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o‘zgarishsiz qoladi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Bugundan "Chevrolet Tracker" va "Onix" avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnoma berish boshlandi, deya xabar berdi "UzAuto" Motors.
Qayd etilishicha, yangilangan komplektatsiyalar avtomobil egalarining shaxsiy istak va talablariga ko‘ra avtomobilni sozlashda yanada ko‘proq imkoniyatlarni taklif etadi.
Shartnoma uchun ochiq bo‘lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o‘zgarishsiz qoladi.
Quyidagi modellarga shartnoma rasmiylashtirish mumkin:
"Chevrolet Tracker" - avvalgi komplektatsiyalar:
LS - 211 454 880 so‘m.
LTZ- 231 196 000 so‘m.
Premier - 251 142 080 so‘m.
Qo‘shimcha opsiyalarga ega yangilangan komplektatsiyalar:
LS Plus - 223 824 160 so‘m.
LTZ Plus - 246 981 280 so‘m.
Premier Plus - 276 016 160 so‘m.
Redline - 285 834 080 so‘m.
"Chevrolet Onix" - avvalgi komplektatsiyalar:
Premier 1 - 207 347 000 so‘m.
Premier 2 - 214 748 000 so‘m.
Qo‘shimcha opsiyalarga ega yangilangan komplektatsiyalar:
Premier 2 Plus - 221 640 160 so‘m.
Redline - 230 624 800 so‘m.
"Chevrolet Tracker" va "Onix" avtomobillarining asosiy opsiyalariga qo‘shimcha ravishda "Plus" komplektatsiyasi barcha “Isitish tizimi” opsiyalari bilan, jumladan rul, old va orqa o‘rindiqlar yon oynalar, old labovoy oyna isitish tizimi opsiyalari bilan shuningdek, qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar, dvigatel himoya karteri va qo‘shimcha qulay opsiyalar bilan jihozlanadi.
Yangiliklar lentasi
0