https://oz.sputniknews.uz/20230525/armaniston-ozarbayjon-hududiy-yaxlitlik-ozaro-tan-olish-35354749.html
Armaniston va Ozarbayjon hududiy yaxlitlikni o‘zaro tan olishga kelishib oldi
Armaniston va Ozarbayjon hududiy yaxlitlikni o‘zaro tan olishga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Avvalroq Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ ham tarkibiga kiruvchi Ozarbayjon hududiy yaxlitligini tan olishga tayyorligini ma’lum qildi, biroq arman aholisi xavfsizligi ta’minlangan shart-sharoitlarda.
2023-05-25T19:49+0500
2023-05-25T19:49+0500
2023-05-25T19:51+0500
dunyoda
armaniston
ozarbayjon
nikol pashinyan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/19/35354281_0:94:1803:1108_1920x0_80_0_0_293d566839754c7c6a2cf850e7ecc892.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Armaniston va Ozarbayjon bir-birining hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olishga kelishib oldi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida nutq so‘zlayotib ma’lum qildi.“Men Armaniston va Ozarbayjon bir-birining hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olishga kelishib olganini tasdiqlamoqchiman va bu asosda, aytish mumkinki, biz munosabatlarimizni tartibga solish uchun oldinga yaxshi siljiyapmiz”, - dedi Pashinyan.Bosh vazir “xalqaro mexanizm doirasida” Tog‘li Qorabog‘ aholisi huquqlari va xavfsizligini ta’minlash masalasiga ham to‘xtaldi.“Umid qilamanki, tez orada Boku va Stepanakertning (tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasining poytaxti – tahr.) yaxshi konstruktiv muloqoti boshlanadi”, - deya qayd etdi Pashinyan.Avvalroq Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ ham tarkibiga kiruvchi Ozarbayjon hududiy yaxlitligini tan olishga tayyorligini ma’lum qilgan edi, biroq arman aholisi xavfsizligi ta’minlangan shart-sharoitlarda.
armaniston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/19/35354281_262:86:1599:1088_1920x0_80_0_0_89c45cda3a772aa7a0c22251cacd4e4a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
armaniston ozarbayjon hududiy yaxlitlikni o‘zaro tan olish nikol pashinyan tog‘li qorabog‘
armaniston ozarbayjon hududiy yaxlitlikni o‘zaro tan olish nikol pashinyan tog‘li qorabog‘
Armaniston va Ozarbayjon hududiy yaxlitlikni o‘zaro tan olishga kelishib oldi
19:49 25.05.2023 (yangilandi: 19:51 25.05.2023) Armaniston bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon bilan munosabatlarni tartibga solishda oldinga siljish bor.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Armaniston va Ozarbayjon bir-birining hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olishga kelishib oldi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida nutq so‘zlayotib ma’lum qildi.
“Men Armaniston va Ozarbayjon bir-birining hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olishga kelishib olganini tasdiqlamoqchiman va bu asosda, aytish mumkinki, biz munosabatlarimizni tartibga solish uchun oldinga yaxshi siljiyapmiz”, - dedi Pashinyan.
Bosh vazir “xalqaro mexanizm doirasida” Tog‘li Qorabog‘ aholisi huquqlari va xavfsizligini ta’minlash masalasiga ham to‘xtaldi.
“Umid qilamanki, tez orada Boku va Stepanakertning (tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasining poytaxti – tahr.) yaxshi konstruktiv muloqoti boshlanadi”, - deya qayd etdi Pashinyan.
Avvalroq Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ ham tarkibiga kiruvchi Ozarbayjon hududiy yaxlitligini tan olishga tayyorligini
ma’lum qilgan edi, biroq arman aholisi xavfsizligi ta’minlangan shart-sharoitlarda.