Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Yozgacha tez vazn tashlashning qanday usullari bor

Obuna bo‘lish
Yozgacha xavfsiz vazn yo‘qotish uchun yugurish bilan shug‘ullanish kerak.
Yozgacha xavfsiz vazn yo‘qotish uchun odatlarni o‘zgartirish va past kaloriyali parhezlardan voz kechish kerak, degan fikrni parhezshunos, terapevt Nadejda Chernishova “Vechernyaya Moskva” bilan suhbatda aytib o‘tdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, to‘satdan belgilangan kaloriya cheklovi bilan parhezlardan so‘ng, ortiqcha vazn yana qaytadi. “Vazn yo‘qotishga emas, balki yaxshi jismoniy holatga ega bo‘lishga, mushaklarni mustahkamlashga, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik tamoyillarini faqat yozda emas, balki doimiy ravishda joriy etishga harakat qiling. Shunda asta-sekinlik bilan maqbul darajagacha vazn yo‘qotishingiz va sog‘lig‘ingizga zarar keltirmasligingiz mumkin ”, – deb tushuntirdi parhezshunos.
Ortiqcha yog‘ massasini kamaytirish uchun toza havoda mashqlar bajarishingiz kerak: yugurish, yurish, velosiped haydash, eshkak eshish.
Bundan tashqari, mutaxassis vazn tashlashda, ovqatlanish tartibiga e’tibor berishni tavsiya qildi.
“Ovqatlanish tartibida yetarli miqdorda oqsilli mahsulotlar bo‘lishi kerak, mushaklar yo‘qolmasligi uchun jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanish kerak”, – deb xulosa qildi Chernishova.
Yangiliklar lentasi
0