“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida vals tushish taqiqlangani haqidagi xabarlar rad etildi

© Sputnik / Zafar XalilovPosledniy zvonok v Tashkente. Arxivnoe foto
Posledniy zvonok v Tashkente. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2023
Obuna bo‘lish
Avvalroq “Nemolchi.uz” loyihasi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida o‘quvchilarning vals tushishi taqiqlangani haqida yozgan edi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O‘zbekiston maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirdi.
"Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O‘zbekiston maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq kuni bilan bog‘liq taqiqlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qiladi", - deyilgan xabarda.
Avvalroq “Nemolchi.uz” loyihasi O‘zbekistondagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida o‘quvchilarning vals tushishi taqiqlangani haqida yozgan edi.
Bu yil umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar "Ilmni qadrlang, ilmga intiling!" shiori ostida tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, vazirlik maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalarni ishlab chiqqan.
Unga ko‘ra "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish taqiqlanadi. Tadbirga maktabdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1, 4, 9, 11-sinf o‘quvchilari jalb qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0