Sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi xodimlarining 77 foizi xotin-qizlar ekani ma’lum qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSemeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona
Semeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida band bo‘lgan aholi o‘rtasida xotin-qizlar ulushi 77 foizni, iqtisodiyot va sanoat sohasida 46 foizni tashkil etmoqda.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekistonda bugungi kunda sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi xodimlarining 77 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Bu haqda Toshkent shahrida o‘tkazilgan gender tenglik va munosib mehnat mavzusidagi anjumanda ma’lum qilindi.
Anjumanda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilishi, ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rnining mustahkamlanishi, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganishi uchun zarur sharoit yaratilganligi, bandligini ta’minlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda ayollarning iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirish, turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish borasida muhim choralar ko‘rilayotganligi qayd etildi.
“Bugungi kunda sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida band bo‘lgan aholi o‘rtasida xotin-qizlar ulushi 77 foizni, iqtisodiyot va sanoat sohasida 46 foizni tashkil etmoqda. 2 ming nafarga yaqin xotin-qizlar davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda”, — deyiladi senat xabarida.
Ta’kidlanishicha, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan xotin-qizlar soni 6 barobarga ko‘paygan, xususan, bakalavr yo‘nalishida o‘qiyotgan xotin-qizlar ulushi 38 foizdan 49 foizga, magistratura bosqichida o‘qiyotganlar esa 37 foizdan 50 foizga ortgan.
Yangiliklar lentasi
0