https://oz.sputniknews.uz/20230524/rossiya-hamkorlariga-gazni-arzon-sotmoqda-35303070.html
Rossiya o‘z hamkorlariga gazni arzon sotmoqda — Shulginov
Rossiya o‘z hamkorlariga gazni arzon sotmoqda — Shulginov
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya energetika vaziri Ostona va Minsk uchun gaz narxiga yagona yondashuv bo‘lmaydi, lekin Rossiyaning barcha hamkorlari gazni arzon sotib olayotganini aytib o‘tdi.
2023-05-24T22:27+0500
2023-05-24T22:27+0500
2023-05-25T11:55+0500
rossiya
yeoii
gaz
energetika
yevroosiyo iqtisodiy forumi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/18/35303263_0:50:2724:1582_1920x0_80_0_0_bcd5a536eda79d3d76fe8d9ff4e914b9.jpg
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Rossiya barcha hamkorlari gazni jahon narxlaridan sezilarli darajada arzon sotmoqda, dedi Rossiya energetika vaziri Nikolay Shulginov Moskvada bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida. RIA Novosti xabariga asosan.Narxlarga yagona yondashuv ishlab chiqiladimi, degan savolga javob berar ekan, vazir yagona yondashuv bo‘lmasligini, har bir mamlakat uchun narxlar murakkab uslubda hisoblanishini aytib o‘tdi.Shulginov, shuningdek, hozirda YeOIIga neft mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish rejalashtirilmaganini aytdi."Biz neft va neft mahsulotlarini YeOII mamlakatlariga indikativ balanslar bo‘yicha yetkazib beramiz. Biz ularni har yili ko‘rib chiqamiz va u yerda hajmlar aniqlanadi", — deya qo‘shimcha qildi u.Eslatib o‘tamiz, 2022-yil dekabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin YeOII mamlakatlarida energiya manbaalari narxlari Yevropa Ittifoqidagidan o‘n baravar past ekanligini ma’lum qilgan edi. Ikkinchi Yevroosiyo iqtisodiy forumiMa’lumot uchun, Moskvada 24-25 may kunlari Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. unda YeOII mamlakatlaridan tashqari Xitoy, Janubiy Afrika, O‘zbekiston, Nikaragua, Venesuela, Indoneziya vakillari, shuningdek, BMT, JSST va Xalqaro migratsiya tashkiloti vakillari, jami 2,5 mingdan ortiq vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.Forumning markaziy va asosiy voqeasi YeOIIga a’zo davlatlar davlat rahbarlari ishtirokidagi yalpi majlis bo‘ladi. Undan tashqari YeOII, ShHT va BRIKS o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, istiqboldagi “YeOII-2030+ strategiyasi” va boshqa mavzular muhokama qilinishi rejalashtirilgan.Shuningdek, forum doirasida “Texnologiya va hamkorlik”, “O‘zgaruvchan dunyoda YeOII”, “Yevrosiyo aloqalari”, “YeOII ichki bozori, bojxona. Hamkorlik, raqobat va davlat xaridlari”, “Strategik blok” va YeOII kabi mavzularda forumlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/18/35303263_0:0:2724:2044_1920x0_80_0_0_e20fa8c3efe3dec17825c87b7c07b7fb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya energetika vaziri ostona minsk uchun gaz narxi yeoii yevroosiyo iqtisodiy forumi
rossiya energetika vaziri ostona minsk uchun gaz narxi yeoii yevroosiyo iqtisodiy forumi
Rossiya o‘z hamkorlariga gazni arzon sotmoqda — Shulginov
22:27 24.05.2023 (yangilandi: 11:55 25.05.2023) Rossiya energetika vaziri Ostona va Minsk uchun gaz narxiga yagona yondashuv bo‘lmaydi, lekin Rossiyaning barcha hamkorlari gazni arzon sotib olayotganini aytib o‘tdi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Rossiya barcha hamkorlari gazni jahon narxlaridan sezilarli darajada arzon sotmoqda, dedi Rossiya energetika vaziri Nikolay Shulginov Moskvada bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida. RIA Novosti
xabariga asosan.
Narxlarga yagona yondashuv ishlab chiqiladimi, degan savolga javob berar ekan, vazir yagona yondashuv bo‘lmasligini, har bir mamlakat uchun narxlar murakkab uslubda hisoblanishini aytib o‘tdi.
"Belarus va Qozog‘iston uchun gaz narxini aniqlashda yagona yondashuv bo‘lmaydi, xar bir davlatda narx har xil. Ba’zi davlatlar uchun narxlar bir yilga belgilangan, Boshqalar uchun esa - uch yilga. Lekin Rossiyaning barcha hamkorlari uchun narxlar jahon narxlaridan sezilarli darajada past", — dedi Shulginov.
Shulginov, shuningdek, hozirda YeOIIga neft mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish rejalashtirilmaganini aytdi.
"Biz neft va neft mahsulotlarini YeOII mamlakatlariga indikativ balanslar bo‘yicha yetkazib beramiz. Biz ularni har yili ko‘rib chiqamiz va u yerda hajmlar aniqlanadi", — deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil dekabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin YeOII mamlakatlarida energiya manbaalari narxlari Yevropa Ittifoqidagidan o‘n baravar past ekanligini ma’lum qilgan edi.
Ikkinchi Yevroosiyo iqtisodiy forumi
Ma’lumot uchun, Moskvada 24-25 may kunlari Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. unda YeOII mamlakatlaridan tashqari Xitoy, Janubiy Afrika, O‘zbekiston, Nikaragua, Venesuela, Indoneziya vakillari, shuningdek, BMT, JSST va Xalqaro migratsiya tashkiloti vakillari, jami 2,5 mingdan ortiq vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.
Forumning markaziy va asosiy voqeasi YeOIIga a’zo davlatlar davlat rahbarlari ishtirokidagi yalpi majlis bo‘ladi. Undan tashqari YeOII, ShHT va BRIKS o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, istiqboldagi “YeOII-2030+ strategiyasi” va boshqa mavzular muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, forum doirasida “Texnologiya va hamkorlik”, “O‘zgaruvchan dunyoda YeOII”, “Yevrosiyo aloqalari”, “YeOII ichki bozori, bojxona. Hamkorlik, raqobat va davlat xaridlari”, “Strategik blok” va YeOII kabi mavzularda forumlar o‘tkazish rejalashtirilgan.