Qora dengizda Rossiya kemasiga hujum qilishga uringan Ukraina katerlari yo‘q qilindi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishSredniy razvedivatelniy korabl proyekta 18280 "Ivan Xurs". Arxivnoe foto
Sredniy razvedivatelniy korabl proyekta 18280 Ivan Xurs. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2023
Obuna bo‘lish
Hodisa bugun ertalab soat 5:30 da Bosfor bo‘g‘ozining shimoli-sharqrog‘ida ro‘y bergan.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Ukraina insonsiz boshqariladigan katerlar bilan Qora dengizdagi Rossiyaning “Ivan Xurs” kemasiga hujum qilishga urindi, biroq uning hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, hodisa bugun ertalab soat 5:30 da Bosfor bo‘g‘ozining shimoli-sharqrog‘ida ro‘y bergan.
“Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Turkiya Respublikasining alohida iqtisodiy hududidagi “Turk oqimi” va “Moviy oqim” gaz gaz quvurlari faoliyati xavfsizligini ta’minlash vazifalarini bajarayotgan Qora dengiz flotining “Ivan Xurs” kemasiga uchta tezurar insonsiz boshqariladigan katerlar bilan muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinish amalga oshirildi”, - deyilgan xabarda.
Ukraina armiyasining barcha katerlari yo‘q qilingan va “Ivan Xurs” o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0