O‘zbekiston va Rossiya Olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida memorandum imzolandi

© NOKMejdu Olimpiyskimi komitetami Uzbekistana i Rossii bil podpisan memorandum
Mejdu Olimpiyskimi komitetami Uzbekistana i Rossii bil podpisan memorandum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2023
Obuna bo‘lish
Memorandumdan ijtimoiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, hududlarda Olimpizmning pok va ezgu qadriyatlari targ‘ibotini kuchaytirish, ommaviy sport va oliy sport yutuqlari, ilm-fan yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlar bo‘yicha tajriba almashish kabi masalalar o‘rin olgan.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Kecha, 23-may kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga Rossiya Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Rodion Plituxin tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Rodion Plituxinni qo‘mita bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi olib, unga O‘zbekistonda Olimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichi bo‘yicha fikr almashishdi.
Oybek Kasimov O‘zbekiston terma jamoalari muntazam ravishda Rossiyaning ko‘plab shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib borishini ta’kidlab, ushbu jarayonni tashkillashtirishda ko‘rsatayotgan yordami uchun Rossiya tomoniga minnatdorchilik bildirdi. O‘z navbatida, Rodion Plituxin ham ikki qo‘mitaning uzoq yillik hamkorligi, o‘zbek sportchilarning yirik musobaqalarda qayd etgan yuqori natijalarini alohida tilga oldi.
Shundan so‘ng ushbu hamkorlikning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston va Rossiya Olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida memorandum imzolandi. Undan ijtimoiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, hududlarda Olimpizmning pok va ezgu qadriyatlari targ‘ibotini kuchaytirish, ommaviy sport va oliy sport yutuqlari, ilm-fan yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlar bo‘yicha tajriba almashish kabi masalalar o‘rin olgan.
O‘tgan hafta O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Qozon shahrida o‘tgan “Rossiya-Islom dunyosi KazanExpo 2023” forumi doirasida Rossiya Sport vazirligi va Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida uchrashuv o‘tkazgan edi.
Yangiliklar lentasi
0