https://oz.sputniknews.uz/20230524/ozbekiston-ozarbayjon-madaniy-hamkorlik-35265703.html
O‘zbekiston Ozarbayjon bilan madaniy hamkorlikni jadallashtiradi
O‘zbekiston Ozarbayjon bilan madaniy hamkorlikni jadallashtiradi
Sputnik O‘zbekiston
Taraflar amaliy muloqotni davom ettirishga, do‘stlik va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olishdi.
2023-05-24T10:20+0500
2023-05-24T10:20+0500
2023-05-24T10:20+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ozarbayjon
shavkat umurzoqov
toshkent
boku
madaniyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/18/35265800_0:0:1000:563_1920x0_80_0_0_8141ef31c6866a0108851ec366a1594a.jpg
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov Ozarbayjon respublikasi diasporasi bilan ishlash bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi Fuad Muradov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuv avvalida Umurzoqov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi hamda Ozarbayjonning taniqli siyosat va jamoat arbobi Haydar Aliyev tavalludining yaqinda nishonlangan 100-yilligi bilan tabrikladi.O‘z navbatida, Fuad Muradov qabul uchun minnatdorlik bildirib, Toshkentning obodligi, ko‘kalamzorlashtirilishiga yuksak baho berdi. Toshkentda istiqomat qilayotgan 40 mingdan ziyod vatandoshlariga, Ozarbayjon madaniyatiga ko‘rsatilayotgan hurmat va e’tibordan juda mamnunligini alohida ta’kidladi.Taraflar amaliy muloqotni davom ettirishga, do‘stlik va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olishdi.
o‘zbekiston
boku
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/18/35265800_18:0:961:707_1920x0_80_0_0_d6da86db34e4786607f92ffd3f5dd03d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston ozarbayjon madaniy hamkorlik
o‘zbekiston ozarbayjon madaniy hamkorlik
O‘zbekiston Ozarbayjon bilan madaniy hamkorlikni jadallashtiradi
Taraflar amaliy muloqotni davom ettirishga, do‘stlik va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov Ozarbayjon respublikasi diasporasi bilan ishlash bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi Fuad Muradov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuv avvalida Umurzoqov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi hamda Ozarbayjonning taniqli siyosat va jamoat arbobi Haydar Aliyev tavalludining yaqinda nishonlangan 100-yilligi bilan tabrikladi.
U o‘zaro munosabatlar ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida imzolangan hujjatlar va kelishuvlar asosida barqaror rivojlanayotganiga e’tibor qaratdi. Iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish, madaniyat, turizm, ta’lim va boshqa sohalarda hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘p ekanligini qayd etdi. Xususan, madaniy hamkorlikni jadallashtirish maqsadida Toshkentda Boku kunlari, Bokuda Toshkent kunlarini o‘tkazish taklifini bildirdi.
O‘z navbatida, Fuad Muradov qabul uchun minnatdorlik bildirib, Toshkentning obodligi, ko‘kalamzorlashtirilishiga yuksak baho berdi. Toshkentda istiqomat qilayotgan 40 mingdan ziyod vatandoshlariga, Ozarbayjon madaniyatiga ko‘rsatilayotgan hurmat va e’tibordan juda mamnunligini alohida ta’kidladi.
Taraflar amaliy muloqotni davom ettirishga, do‘stlik va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olishdi.