O‘zbekistonda 5 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda

© Foto : NASA/ESA/Hubble SM4 ERO TeamPlanetarnaya tumannost NGC 6302 Juk
Planetarnaya tumannost NGC 6302 Juk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2023
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda 5 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda. U tushga yaqin passiv holatga qaytadi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Ayni daqiqalarda G4 darajali 5 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Magnit bo‘ronining G4 darajadagi tebranishi tushga yaqin passiv holatga qaytadi.
Magnit bo‘ronlari G4 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomoni va peshonada kuchsiz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi omilni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va qahva ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.
Bo‘ronlar quyidagi tarmoqlarga ta’sir ko‘rsatadi:
Elektr tarmoqlari - yuqori kuchga ega magnit maydonlari elektr ta’minotida uzulishlarga va hattoki, elektr tokining uzoq muddatli o‘chib qolishiga olib keluvchi avariya holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Aloqa tarmoqlari - bunda aloqa tizimlari, telegraf liniyalari kuchli qarshilikka uchraydi. Magnit maydon kosmik yo‘ldoshlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi, kuchli va davomli magnit bo‘ronlari sun’iy yo‘ldoshlari ishini og‘irlashtiradi. Natijada, telefon aloqasi, televideniya, internet tizimlarida uzulishlar kuzatiladi.
Navigatsiya tizimi - GPS navigator tizimlar magnit bo‘ronlarining yuqori kuchi ta’sirida ishlamay qolishi mumkin.
Kosmik yo‘ldoshlar shikastlanishi - Faol magnit bo‘ronlar ultrabinafsha nurlanish ta’sirida Yer yuzasining qizishini tezlashtiradi. 1 km va undan yuqoriga ko‘tarilgan issiqlik oqimlari kosmik yo‘ldoshlarning tezligi va yo‘nalishini o‘zgartiradi. Hattoki ularning harakat trayektoriyasini o‘zgartirib, kosmik yo‘ldoshlarni ishdan chiqarishi ham mumkin.
Magnitnie buri  infografika zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2023
Magnit bo‘roni - nimalarga e’tibor berish kerak
Yangiliklar lentasi
0