Mirziyoyev Ko‘ksaroyda Singapur prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi – foto
15:42 24.05.2023 (yangilandi: 16:29 24.05.2023)
© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanV rezidensii "Kuksaroy" sostoyalis peregovori mejdu Shavkatom Mirziyoyevim i prezidentom Singapur Xalimoy Yakub
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
Muzokaralarda siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish, masalalariga katta e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Bugun, 24-may kuni, “Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur prezidenti Halima Yaqubning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanV rezidensii "Kuksaroy" sostoyalis peregovori mejdu Shavkatom Mirziyoyevim i prezidentom Singapur Xalimoy Yakub
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Uchrashuv avvalida Singapur prezidenti Mirziyoyevga O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelish taklifi va Singapur delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan iliq qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bo‘lajak O‘zbekiston prezidenti saylovida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Ushbu oliy darajadagi tashrif ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon o‘tgan 25-yil ichida birinchisi ekani ta’kidlandi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanV rezidensii "Kuksaroy" sostoyalis peregovori mejdu Shavkatom Mirziyoyevim i prezidentom Singapur Xalimoy Yakub
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Shavkat Mirziyoyevning Singapurga shu yil yanvardagi tarixiy tashrifi yakunida hamkorlikning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha erishilgan barcha kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Muzokaralarda siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish, jamoat xavfsizligi va madaniy-gumanitar almashinuv bo‘yicha muloqotlarni faollashtirish masalalariga katta e’tibor qaratildi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanV rezidensii "Kuksaroy" sostoyalis peregovori mejdu Shavkatom Mirziyoyevim i prezidentom Singapur Xalimoy Yakub
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda ulkan yutuqlarga erishilayotgani alohida ta’kidlandi.
Joriy yil boshidan o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari bir necha barobar oshdi. Singapur O‘zbekistonning eng yirik investorlari safiga kirdi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanV rezidensii "Kuksaroy" sostoyalis peregovori mejdu Shavkatom Mirziyoyevim i prezidentom Singapur Xalimoy Yakub
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Bugungi kunda Singapurning yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda kimyo va to‘qimachilik sanoati, transport va logistika, shaharsozlik, ta’lim xizmatlari, xususiylashtirish sohalarida 3,8 milliard dollarlik loyihalarning amalga oshirilishi faol pallaga kirgan.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanV rezidensii "Kuksaroy" sostoyalis peregovori mejdu Shavkatom Mirziyoyevim i prezidentom Singapur Xalimoy Yakub
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Muzokaralarda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi. Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasidagi O‘zbekiston-Singapur biznes-forumi natijalari savdo, logistika, innovatsiyalar, energetika, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda yetakchi kompaniyalarning investitsiyaviy sherikligini kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziq-ovqat mahsulotlarining Singapur bozoriga yetkazib berilishini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar gumanitar loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qat’iy intilishini bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi negizida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim markazi doirasida Singapurning davlat boshqaruvi va boshqaruv kadrlarini tayyorlash borasidagi tajribasini joriy etish muhimligi ta’kidlandi.
Singapurning O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari faoliyati hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi muntazam madaniy, ta’lim va turizm almashinuvlarining faollashishi qo‘llab-quvvatlandi.
Davlat rahbarlari Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyoda mintaqaviy integratsiyaning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, xalqaro maydonda, eng avvalo BMT doirasida hamda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonida o‘zaro anglashuv va qo‘llab-quvvatlash darajasi yuqori ekanini qayd etdilar. Muzokaralar ishonch, ochiqlik va do‘stlik ruhida o‘tdi.