Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal sovetnika Prezidenta Fransii Izabel Dumon.
 Shavkat Mirziyoyev prinyal sovetnika Prezidenta Fransii Izabel Dumon. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2023
Obuna bo‘lish
Prezident bitruvchi yoshlar O‘zbekistonda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, yetakchi mutaxassislar bo‘lib yetishishi va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ishonch bildirdi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan maktab bitiruvchilarini tabrikladi.
Prezident o‘z tabrik so‘zida bugungi kunda O‘zbekistonda o‘z hayotini endigini boshlayotgan yoshlar ko‘plab imkonyatlar yaratilganini, yuzlab oliygoh, kasb-hunar maktablari va texnikumlar, yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘rgatadigan monomarkazlar, Ay-Ti va texnoparklar bunyod etilganini qayd etib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev yoshlarga ushbu imkoniyatlardan foydalangan holda jamiyatda munosib o‘rin egallashni, yirik korxona va davlat tashkilotlarida mehnat qilib mamlakat ravnaqiga hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.
"Men siz, aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: tinimsiz o‘qib, izlanib, zamonaviy bilimlarni egallashdan aslo to‘xtamang! Doimo vaqtning qadriga yetib, muntazam bilim va tajribangizni oshirib borsangiz, qat’iy belgilab olgan reja va maqsadlaringiz sari dadil harakat qilsangiz, albatta kelgusida katta muvaffaqiyatlarga erishasiz", - dedi Mirziyoyev.
Prezident tabrik so‘zining to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, 2023-yil 25-may kuni O‘zbekistonda 10 mingdan ziyod maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq” chalinadi va 392 000 nafar yoshlar maktabni bitiradi. Ulardan 12 mingdan ortiq bitiruvchilar maktabni — oltin, 2 mingdan ziyodi — kumush medal bilan yakunlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0