O‘zbekistonning silga qarshi kurashdagi tajribasi boshqa mamlakatlarga namuna qilindi

© Foto : Ministerstvo zdravooxraneniya Respubliki UzbekistanRabochiy vizit delegatsii Uzbekistana vo glave s ministrom zdravooxraneniya Amrillo Inoyatovim v Jeneve.
Rabochiy vizit delegatsii Uzbekistana vo glave s ministrom zdravooxraneniya Amrillo Inoyatovim v Jeneve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2023
Obuna bo‘lish
JSST O‘zbekistonning silga qarshi kurash bo‘yicha tajribasiga yuksak baho berdi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Silga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida (JSST) yana bir bor yuksak e’tirof etildi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ayni paytda sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tkazilayotgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasida ishtirok etmoqda.

“Yig‘ilishda O‘zbekistonning silga qarshi kurash bo‘yicha tajribasi yana bir bor JSST doirasida yuksak baholanib, boshqa mamlakatlarga namuna sifatida e’tirof etildi”, - deyiladi xabarda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozirda silga qarshi kurash natijasida O‘zbekistonda qariyb 130 ming nafar inson hayoti saqlab qolindi, kasallikka chalinish ko‘rsatkichi 43 foizga, o‘lim holatlari esa 84 foizga kamaydi.
O‘zbekistonda silga qarshi kurarishda amalga oshirilayotgan ishlar:
Silni aniqlash bo‘yicha mamlakatda 5 bosqichli zamonaviy laboratoriya tizimi ishlab turibdi;
2023-2026 yillarda dori va sarflov vositalari, tibbiy texnika, mutaxassislar tayyorlash va innovsion ilmiy izlanishlarga davlat budjetidan 33 million, xalqaro donorlar hisobidan esa 26,5 million dollar miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan;
O‘zbekistonning 13 ta ma’muriy hududida “O‘pka salomatligi” ko‘chma mobil brigadalari tashkil etilib, chekka va olis manzillarda yashovchi aholi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi;
Ftiziatriya va pulmonologiya xizmatlari integratsiya qilinishi natijasida o‘pka salomatligi uchun universal hamda yuqori texnologik tibbiy yordam berish tizimi yaratilmoqda.
Vazir o‘z chiqishida tadbirda bildirilgan barcha mulohazalar kelgusida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilinadigan Siyosiy deklaratsiyaga kiritiladigan yakuniy takliflarni ishlab chiqishda inobatga olinishini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, JSST 2035-yilgacha dunyoda sildan (tuberkuloz) o‘lim ko‘rsatkichini 95 foizga kamaytirishga doir strategik maqsadni qabul qilgan.
Shu yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining tuberkulozga qarshi kurash bo‘yicha yuqori darajadagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0