https://oz.sputniknews.uz/20230524/boku-xalqaro-mugom-festivali-ozbekistonliklar-35289596.html
Bokuda o‘tkazilgan Xalqaro mug‘om festivalida o‘zbekistonliklar sovrindor bo‘ldi
Bokuda o‘tkazilgan Xalqaro mug‘om festivalida o‘zbekistonliklar sovrindor bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Festival yakunlariga ko‘ra, o‘nga yaqin davlatlar orasidan R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Umarjon Akmalov 1-o‘rinni egalladi.
2023-05-24T18:21+0500
2023-05-24T18:21+0500
2023-05-24T18:21+0500
madaniyat
o‘zbekiston
ozarbayjon
maqom
festival
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/18/35289719_55:191:938:687_1920x0_80_0_0_15f71af465f8edfab6706406edcc11e5.jpg
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Joriy yilning 16-23 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida XIII Xalqaro mug‘om festivali bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonliklar sovrindor bo‘ldi, deb xabar beradi Madaniyat va turizm vazirligi.Festivalda O‘zbekistondan Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufidagi Reyngold Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, Namangan viloyatining 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi, Buxoro viloyatining maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab internati hamda Romitan tumanidagi 12-son bolalar musiqa va san’at maktabining 16 yoshgacha bo‘lgan 6 nafar o‘quvchilari ishtirok etdi.Shuningdek, Namangan viloyatining 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Madina Karimjonova hamda R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Sardor Narzullayevlar 2-o‘rinni, Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchisi Og‘abek Axtamov faxrli 3-o‘rinni egalladi.Shu bilan birga, festivalning “Eng yosh mug‘om ijrochisi” sifatida R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Umarjon Akmalov e’tirof etildi.Mug‘om Ozarboyjon xalq musiqa san’atining gultoji sanaladi. U YuNESKOning butunjahon nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Xalqaro mug‘om festivali 2009-yildan buyon har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinadi. Undan ko‘zlangan maqsad mug‘om san’atini dunyo xalqlariga tanitish, Sharq musiqasi an’analarini saqlab qolish va madaniy aloqalarni mustahkamlashdan iboratdir. Mamlakatda 2008-yilda Xalqaro mug‘om markazi ochilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/18/35289719_170:217:811:698_1920x0_80_0_0_eb3bffde6437d58bd38cdb85457e90b2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
boku xalqaro mug‘om festivali o‘zbekistonliklar
boku xalqaro mug‘om festivali o‘zbekistonliklar
Bokuda o‘tkazilgan Xalqaro mug‘om festivalida o‘zbekistonliklar sovrindor bo‘ldi
Festival yakunlariga ko‘ra, o‘nga yaqin davlatlar orasidan R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Umarjon Akmalov 1-o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Joriy yilning 16-23 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida XIII Xalqaro mug‘om festivali bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonliklar sovrindor bo‘ldi, deb
xabar beradi Madaniyat va turizm vazirligi.
Festivalda O‘zbekistondan Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufidagi Reyngold Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, Namangan viloyatining 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi, Buxoro viloyatining maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab internati hamda Romitan tumanidagi 12-son bolalar musiqa va san’at maktabining 16 yoshgacha bo‘lgan 6 nafar o‘quvchilari ishtirok etdi.
Festival yakunlariga ko‘ra, o‘nga yaqin davlatlar orasidan 6 nafar ishtirokchidan bir nafari – R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Umarjon Akmalov 1-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, Namangan viloyatining 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Madina Karimjonova hamda R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Sardor Narzullayevlar 2-o‘rinni, Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchisi Og‘abek Axtamov faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Shu bilan birga, festivalning “Eng yosh mug‘om ijrochisi” sifatida R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Umarjon Akmalov e’tirof etildi.
Mug‘om Ozarboyjon xalq musiqa san’atining gultoji sanaladi. U YuNESKOning butunjahon nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Xalqaro mug‘om festivali 2009-yildan buyon har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinadi. Undan ko‘zlangan maqsad mug‘om san’atini dunyo xalqlariga tanitish, Sharq musiqasi an’analarini saqlab qolish va madaniy aloqalarni mustahkamlashdan iboratdir. Mamlakatda 2008-yilda Xalqaro mug‘om markazi ochilgan.