https://oz.sputniknews.uz/20230523/singapur-prezidenti-ozbekiston-tashrif-35245908.html
Singapur prezidentining O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari ma’lum qilindi
Singapur prezidentining O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari ma’lum qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Singapur rahbarining tashrifi dasturida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
2023-05-23T16:32+0500
2023-05-23T16:32+0500
2023-05-23T16:32+0500
siyosat
o‘zbekiston
singapur
prezident
tashrif
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/17/35227820_324:235:2576:1502_1920x0_80_0_0_a4ec4ac30852fa540dfa1a6bbeadd760.jpg
TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Singapur prezidenti Halima Yaqub 23-25 may kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Singapur rahbarining tashrifi dasturida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.Sammit kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakat yetakchi kompaniya va bank institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalariga ko‘maklashish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.Bundan tashqari, Singapur prezidenti Samarqand shahriga tashrif buyurib, Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan ko‘hna markazning boy madaniy-tarixiy va sivilizatsiyaviy merosi bilan tanishadi.Ta’kidlanishicha, Halima Yaqub O‘zbekistonga javob tashrifi bilan kelmoqda. Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston yetakchisi Singapurga davlat tashrifi bilan borgan edi. Joriy yil boshidan o‘zaro tovar ayirboshlash 6 barobar ko‘paydi. Singapur O‘zbekistonning eng yirik investorlari qatoriga kirdi. Bugungi kunda transport, energetika, kimyo va to‘qimachilik sanoati, shaharsozlik, ta’lim va boshqa yo‘nalishlarda umumiy qiymati 3,8 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Parlamentlararo almashinuvlar va madaniy-gumanitar aloqalar faol rivojlanmoqda.
o‘zbekiston
singapur
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/17/35227820_466:115:2459:1610_1920x0_80_0_0_b62723b3c217ec2186e9a09300d3ab26.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
singapur o‘zbekiston
Singapur prezidentining O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari ma’lum qilindi
Singapur rahbarining tashrifi dasturida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Singapur prezidenti Halima Yaqub 23-25 may kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Singapur rahbarining tashrifi dasturida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Sammit kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakat yetakchi kompaniya va bank institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalariga ko‘maklashish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Prezident Halima Yaqub O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar rahbarlari bilan ham uchrashadi, ishbilarmon doiralar biznes-forumining ochilishida va qo‘shma ta’lim markazi faoliyatining taqdimotida ishtirok etadi.
Bundan tashqari, Singapur prezidenti Samarqand shahriga tashrif buyurib, Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan ko‘hna markazning boy madaniy-tarixiy va sivilizatsiyaviy merosi bilan tanishadi.
Ta’kidlanishicha, Halima Yaqub O‘zbekistonga javob tashrifi bilan kelmoqda. Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston yetakchisi Singapurga davlat tashrifi bilan
borgan edi. Joriy yil boshidan o‘zaro tovar ayirboshlash 6 barobar ko‘paydi. Singapur O‘zbekistonning eng yirik investorlari qatoriga kirdi. Bugungi kunda transport, energetika, kimyo va to‘qimachilik sanoati, shaharsozlik, ta’lim va boshqa yo‘nalishlarda umumiy qiymati 3,8 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Parlamentlararo almashinuvlar va madaniy-gumanitar aloqalar faol rivojlanmoqda.