Sambo: kichik o‘smirlar o‘rtasida respublika chempionati g‘oliblari aniqlandi

© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta.V Bekobade opredelilis pobediteli pervenstva respubliki sredi yuniorov
V Bekobade opredelilis pobediteli pervenstva respubliki sredi yuniorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2023
Obuna bo‘lish
Musobaqada respublikaning turli hududlaridan 450 nafarga yaqin yosh sambochilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Joriy yilning 19-21 may kunlari Bekobod shahrida sambo bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati tashkil etildi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Musobaqada respublikaning turli hududlaridan 450 nafarga yaqin yosh sambochilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.
2007-2008 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlar umumiy hisobda 18 ta vazn toifasida (yigitlar o‘rtasida 9 ta, qizlar o‘rtasida 9 ta) tashkil etildi.
Chempionat yakuniga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Yangiliklar lentasi
0