Samarqandda “Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari” mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi

© unsplash.com/AXP PhotographySamarkand, Uzbekistan.
Samarkand, Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2023
Obuna bo‘lish
Forum mehmonlari Shohi Zinda maqbarasiga tashrif buyurishadi hamda “Xitoy oltin merosi” ko‘rgazmasi bilan tanishadilar.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. 25-26 may kunlari Samarqand shahrida “Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari” mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Unda Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa mamlakatlardan xalqaro ekspertlar, mutaxassis va mehmonlar ishtirok etadi.
Forumda mahalliy ijodkorlar ishtirokida hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlarini yaratish bo‘yicha mahorat darslari tashkil etiladi. Registon ansamblida o‘zbek milliy hunarmandchilik san’atiga oid ko‘rgazma savdolari uyushtiriladi.
O‘zbekiston madaniyati tarixi muzeyida “Buyuk ipak yo‘li tadqiqotlari” ko‘p jildli katalogining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Unda tarixiy manbalarda keltirilgan faktlar, noyob suratlar o‘rin olgan.
Forum mehmonlari Shohi Zinda maqbarasiga tashrif buyurishadi hamda “O‘zbekiston-Xitoy oltin merosi” ko‘rgazmasi bilan tanishadilar.
Forum yopilishida Registon ansamblida 3D shou namoyishlari, teatrlashtirilgan konsert-tomosha dasturlari taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0